Gul sotuvchi bola


Download 37 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi37 Kb.
#138206
Bog'liq
Gul sotuvchi bo


Gul sotuvchi bola.

Kimdir ishga, kimdir yana qaysidir yumush uchun shoshib oʻz yoʻlida davom etar, zotan hayot mana shunday yugur-yugurlardan iborat. Shaharning bu burchagida aholiga qulaylik yaratish, odamlarni oziq-ovqat mahsulotlati bilan siylash uchun chogʻroq bozor bor. Bu yerda hallolikni oʻziga hayotiy shior qilib olgan qassobdan tortib, bir atirga falon soʻm qoʻshib sotib, bu atir italyanskiy deb xaridorni laqqilatuvchilar ham topiladi. Bozor shaharning qulay joyiga tushganligi sababli kichgina boʻlishiga qaramasdan har doim gavjum, qachon qarama odamlarning shovqinidan qulogʻing batang boʻladi. Bu bozorning oʻz xaridorlar, oʻz navbatida esa doimiy sotuvchilari ham bisyor. Hamma bir biriga tanish. Hatto bir birini koʻrmay ovozini eshitib tanishadi . Kichkina joy boʻlgandan soʼng bu tabiiy, albatta. Bu tong ham bozorcha odatdagidek tanish notanish odamlar bilan gavjum. Kimdir nonushta uchun nonga chiqqan, yana kimdir esa uyda yoʻgʻ tugagani uchun , kimdir esa ertalabdan oyoqni chigalini yozay deb bozor aylanib yuribdi. Bozorning oʻng biqqinida, rastalar tugagan joyda, boshqacha xarid jarayoni boshlanadi. U yerda bir guruh ayollar yerga toʻshama toʻshab turshak, xoʻrozqand, gul urugʻlari yana shunga oʻxshagan bir nimalarni sotib oʻtirishadi. Bozorning bu qismida xaridor kelguncha dunyoni aylanib chiqishadi- sotuvchi ayollar. Bu ayollar har kun bir narsadan norozi toʻngʻillaydi. Ularning qoq roʻparasida yoshi unchalik katta emas, yuzlari choʻzinchoq, sariqqa moyil, koʻzlari xiyol qisiq maktab yoshlaridagi bola chinqirib-baqirib oʻzining gullariga xaridorlarni chorlaydi. Bozorchi ayollar bolaning bu uddabronlikiga gʻashi kelib, uni chiqishtirmaslikka harakat qilishadi. Bola boʻlsa oʻsha chinqiroq ovozda anvoyi gullar, turfa gullar, togʻ gullari, bogʻ gullari, atirgul-u nastarin xohlaganingizni oling, afsus chekmaysiz. Bola favqulodda uddabronlik bilan yoʻldan oʻtib ketayotgan yoʻlovchilarga aka guldan oling, opam xursand boʻladi, amaki gullarimni olsangiz afsus qilmaysiz, xola bir bogʻlam lolaga nima deysiz? Balki oq atirgul kerakdir. Har kuni u anashu tariqa savdo qiladi. Soat peshinga ogʻgan pallada bola serqatnov yoʻlga qarab kimnidir izlay boshladi. Nahot bugun kelmasalara, yoʻgʻay bunday boʻlishi mumkin emas. Ana ana huv anavi sariq sharfli ayollning ortidan tanish chehra koʻrindi. Ana kelyaptilar. Salom amaki, gul olasizmi? Bolojonim bugun boshqacha turdagisini oʻrab beraqol, -xoʻp amaki qaysinisini tanlaysiz? Bugun moychechak gullaridan dasta qil. Amaki gul tayyor boʻlguncha sizdan bir narsa soʻrasam maylimi? Soʻrayver bolam! Xolam juda baxtli boʻlsa kerak? Siz har kun ishdan chiqib shu yerdan gul olmaguncha ketmaysiz, xolam bu gullarni koʻrib rosa quvonib ketsa kerak? Bola qoʻlida gul bilan boyagi kishiga tikildi. Hozirgina gulday yashnab turgan yuzga nimadir oʻzining qora koʻankasini solib qoʻygandi. Amaki, amaki aytmadingiz-ku siz kunda har xil gullardan xolamga sovgʻa qilasiz, ular esa buni koʻrib oʻzida yoʻq shodlansalar kerak? Boyagi kishi biroz skutdan soʻng toʻgʻri aytasan u gullarni juda sevadi. Ammo savolingga kelsak, u bilan oʻtgan hayotimda biron marta undan baxtlimisan deb so’ramaganman. Bugun, albatta, soʻrayman. Mana guldasta ham tayyor. Qancha boʻladi, amaki bu safar moychechaklar mendan xolamga sovgʻa, xoʻpmi? Amaki gulni olib shoshilib ketdi. Gulchi bola boʻlsa u koʻzdan gʻoyib boʻlguncha uni kuzatib turdi va yana savdoga shoʻngʻib har doimgi ovozda xaridorlarni chorlay boshladi.

Gul sotuvchisi oldidan xiyla oʻzgarib qaytayotgan amaki yoʻl boʻylab uning soʻzlarini esladi, shod boʻlsalar kerak?.. Xursand boʻlsalar kerak? .. Xolam baxtlidir ?xolam baxtlidir…xolam baxtlidir….baxtlidir…baxtlidir… Miyasida mana shu chinqiroq ovoz bir xilda charx urar, u na yoʻlga na undagi odamlarga eʼtiborsiz, miyasidagi savollardan mast borar edi. Manziliga yetib darvozaning temir tutqichidan ushlagach biroz oʻziga keldi. Xayollari hurkitilgan qush kabi uchd ketdi. U eshikni oʻziga tortar ekan, ichida albatta, soʻrayman deb qoʻydi. Shu onda unga shu egasi unitib qoldirgan buyumdek kimsasiz qabriston dunyodagi eng buyuk oshyondek koʻrinib ketdi.



Zuhra Mahzun (Zuhra Muhammedova) UrDu filologiya fakulteti o’zbek tili ta’lim yo’nalishi
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling