T. Assalomu alaykum D. Salom T. Salom


Download 4.58 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi4.58 Kb.
#1146963
Bog'liq
Domla va Talaba senariy




T. Assalomu alaykum
D. Salom
T. Salom
D. Qani..
T. Yaxshimisiz salom
D. Ko'zimga juda ham issiq ko'rinyapsiz imtihonga nechanchi marta kelishingiz?
T. Domlajon sizni juda ham hurmat qilamiz lyuboy payt kelgin desangiz keluramiz
D. Shunaqami?
T. Shunaqa
D. Yaxshi qani bo'lmasa biletdan olingchi
D. Buni yirtib nima qilasiz mulla Sunnatillo o'zi ochiqku
T. Kechirasiz


D. Hhh xo'sh bilet nomeri nechinchi ekan
T. Bilet nomeri...bilet nomeri
D. Hhh
T. Biletni nomeri.. domlajon sizga kelinoyimni tog'alarini jiyanlarini katta o'g'illari ko'pdan ko'p salom aytb yubordilar haa
D. Aa.. salomat bo'lishsin yana boshqa birorta odam salom aytib yuborgani yoqmi?
T. Iya amakimni o'g'illari ham so'rab qo'ygin degandilar
D. Hh qani biletni nomerini aytingchi
T. Shu biletni nomerinimi?
D. Ha mana shu biletni
T. Biletni nomeri nuuuuuuch
D. Nuuuuch.. hee shu yoshga kirib nuuuch degan sonni bilmas


ekanmanda ha yaxshilab qarang
T. Kechirasiz o'o'nuuuuuch
D. Haaa o'n uch deng
T. Hh
D. O'tirib tayorlaning...hmm
T. Tayyormisiz domlajon
D. Tayyormisiz??
T. Yo'q tayyorman demoqchiman
D. Haa tayyorman deyapsizmi o'tiring. Xo'sh birinchi savolga javob bering
T. Labbay
D. Birinchi savolga javob bering
T. Ho'p..n2o ning
D. Aaa
T. Kimyoviy
D. Shoshmang n2o ning hh bu nimadan imtihon beryotganingizni bilasizmi uzi?


T. Bilaman
D. Nimadan?
T. Ximyadan
D. Ha bale kimyoda n2o ni degan gap yoqku aa h2o bo'lsa kerak yaxshilab qarang
T. Kechirasiz h2o ning kimyoviy xossasi
D. Xo'sh h2o ning o'zi nima?
T. Labbay
D. O'tiring o'tiring h2o ning o'zi nima?
T. H2o ning o'zi... h2o ning o'zi.. iy h2o ning o'zi o'zimizning h2o
D. Bu h2o yingizni o'zi nima ? Nima bu suvmi, okeanmi, sho'rvami bu nima o'zi?
T. Suv
D. Suv
T. Ha


D. Ho'p yaxshi bo'lmasa suvni xususiyatini aytib bering
T. Suvda juda xususiyat ko'p domlajon suv bu obi hayot
D. Hhh
T. Mo'l ko'l hosil million million tonna oq oltin suv bu hm vodoporod suvi, zelderska suv yani gaz suv, toshkent suv, hm undan keyin mana o'zimizni grafin grafin suvi
D. Ho'p bo'ldi tushunarli bo'ldi bu suvda elektron bormi?
T. Labbay
D. Suvda elektron bormi deyapman
T. Hh suv domlajon bitmas tuganmas elektron manbayi
D. Masalan
T. Masalan dnepara ges, farhod ges, chorvoq ges, nurik ges, dvijok ges,


farhod ges, nurik ges, dvijok ges
D. Shoshmang shoshmang bu ho'p hamma ges ga chiqib ketdiku mullo Husnillo aa
T. Sunnatillo
D. Aaa kechiradilar otingizni bilmabman haa mulla Sunnatillo aytingchi suvda atom bormi
T. Suvda.. iya hazillashyapsizmi domlajon suvda atom nima qiladi atom bombaku
D. Bomba
T. Haa
D. Suvni xususiyatlarini suv qilib ichib yuboribsizku ho'p aytingchi suv nechi gradusda parchalanadi
T. Suv...suv lyuboy gradusda parchalanadi
D. Masalan


T. Masalan mana shu kechirasiz grafindagi suvni stakanga quyamiz sepvoramiz kechirasiz sepvoramiz parcha parcha bo'lib ketadi
D. Biz ham bitta beshni mana shunday otvoramiz parcha parcha bo'lib ketadi mana shundan bittasini imtohon varaqangizga qo'yamiz buni otini haqiqiy parchalanish deyiladi
T. Iy domlajon yaxlitgina beshni parchalab nima qilasiz yirikkina qilib o'zini qo'ya qolmaysizmi domlajon
D. Biletingizni nomeri nechchi edi?
T. Bilet nomeri nuuuuch
D. Sizning bahongiz niiiiikki yaxshi yigit
T. Axir sizga salom aytb


yuborishganu domlajon
D. Siz ham mendan salom deb qo'ying.
Download 4.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling