1. Simobning olinishi, xossalari, tabiatda tarqalishi va birikmalari


Download 37.02 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi37.02 Kb.
#1564547
  1   2   3   4   5
Bog'liq
komilovvvvvvv

Reja:

1.Simobning olinishi, xossalari, tabiatda tarqalishi va birikmalari

2.Ruxning olinishi, xossalari, tabiatda tarqalishi va birikmalari

3.Kadmiyning olinishi, xossalari, tabiatda tarqalishi va birikmalari

4.XULOSA
<< Simob>>


Simob (lot. Hydrargurum), Hg — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning II guruhiga mansub kimyoviy unsur; tartib raqami 80, atom massasi 200,59. Tabiiy Simob massa sonlari 196, 198—202 va 204 ga teng boʻlgan 7 ta barqaror izotopdan iborat; bulardan eng koʻp tarqalganlari 2(l0Hg(23,13%) bilan 2O2Hg (29,8%). Simobning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 2()3Hg(T1/2=46,9 kun) va 205Hg (T|/2=5,5 min) amaliy ahamiyatga ega. Simob juda qadimdan maʼlum. Yer poʻstining massa jihatdan 710"6% ini tashkil etadi. Tabiatda baʼzan tugʻma holda uchraydi, asosan, birikmalar holida boʻladi. Simobning asosiy minerali — kino var HgS. Undan tashqari, Simobning 30 ga yaqin minerallari mavjud. Ispaniya, Kavkaz, Ukraina, Oʻrta Osiyo, Italiya va AQShda Simob konlari bor. Simob — odatdagi trada yaltiroq, kumush rang suyuq metall, zichligi 13,52 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi —38,97°, qaynash temperaturasi 357,25°. Simob oʻzida boshqa metallar (mas, natriy, kaliy, kumush, oltinni eritib, oʻsha metallarning amalgamasini hosil qiladi. Oʻz birikmalarida 1 yoki 2 valentli. Kimyoviy jihatdan turgʻun modda. Asl metallar singari quruq havoda oksidlanmaydi; Simob kislorod bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. Galogenlar va oltingugurt bilan oson birikadi. Xlorid kislotada va suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi, lekin zar suvida, nitrat kislotada, qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Simobning ionlanish potensiali katta bulganligidan birikmalari beqaror, qizdirilganda parchalanadi. Bir valentli Simob birikmalari qizdirilganida Simobga va 2 valentli Simob birikmalariga parchalanadi; mas, Hg2(NO3)2 <=* Hg+Hg(NO3)2. Simob juda koʻp asboblar (mas, barometr, termometr, yukrri vakuum nasoslari)da, oltin va kumushni rudalardan ajratib olishda, elektrotexnikada, radiotexnikada, portlovchi moddalar, kunduzgi, katod va kvars lampalari, kalomel elektrodlari tayyorlashda, harbiy maqsadlarda ishlatiladi.
Odam va hayvonlar organizmida 10~6% Simob boʻladi. Odam organizmiga bir kechakunduzda oʻrta hisobda ovqat orqali 0,02—0,05 mg Simob oʻtadi. Kishi qonida oʻrta hisobda 0,023 mg/ml, siydikda 0,1—0,2 mkg/ml miqdorida Simob bor. Simob organizmda Si, Sn, Cd, Se mikroelementlarining singishi va almashinuvida yordam beradi. Simob va uning birikmalari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall Simobning bugʻlari ayniqsa xavfli. Simob nafas orqali qonga oʻtadi. Qonga oʻtgan Simob undagi oqsillar bilan qoʻshiladi. Simob ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya toʻqimalarida toʻplanadi. Sdan zaharlarganda vena orqali giposulfitning 20%li eritmasi yuboriladi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va h.k. Simob preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qoʻllanadi.
Simob birikmalari. Simobning koʻp birikmalari maʼlum. Simob amidlari, mas, [Hg(NH3)2]Cl2NH3HgC! tibbiyotda qoʻllanadi. Simob diatsidodiaminlarining umumiy formulasi [MeA2X2]"~2 boʻlib, kompleks birikmalardan hisoblanadi. Simob dimetil (CH3)2Hg — rangeiz ogʻir suyuqlik, shirin mazaga ega, bugʻi juda zaharli. Oksidlaridan Hg2O — kora tusli kukun va HgO — qizil yoki sariq tusli kristall, peroksidi HgO2 beqaror modda, Simob metilxlorid CH3HgCl — rangeiz kristall modda, organik sintezlarda qoʻllanadi. Simob (1)nitrat HgNO3H2O — rangeiz kristall, suvda, nitrat kislotada eriydi, spirt va efirda erimaydi. Simob (II)bariy yodid Ba(HgI4)5H2O yoki HgI2BaI25H2O sargish kristall, beqaror, gigroskopik, suvda va spirtda eriydi. Mikroanalizda alkaloidlarni anikdashda ishlatiladi. Simob (II) bromid (simob dibromid) HgBr2 — kristall modda, oq kukun, zaharli, suvda, spirt va efirda eriydi. Simob (II) xlorid sulema deyiladi.
Kaldirok, simob Hg(ONC)2 — kristall modda, suvda oz eriydi, ammoniy gidroksidda va spirtda yaxshi eriydi. Qaldiroq kislotaning simobli tuzi, silkitilsa portlaydi, shu bois undan detonator sifatida foydalaniladi. Simob (P)kaliy yodid K2[HgI2]3H2O — sariq kristall, gigroskopik, suvda eriydi, kimyoviy analizlar va tibbiyotda qoʻllanadi.
Simob (1)yodid Hg,l2 yoki Hgl, capgʻishyashil kristall modda (kukun), nur taʼsirida uzgaradi, suvda va spirtda erimaydi. Simob (P)yodid Hgl2 ham mavjud, 2 shakli bor: tetragonal shakllisi qizil rangga ega, 170°da sargʻayadi, sovutilsa yana qizaradi; romb shakllisi sariq rangli kristall, suvda erimaydi, kaliy yodidda eriydi, zaharli. Simob (II) kumush yodid HgAgI, sariq mayda kukun, suvda erimaydi. Simob (P)sulfat HgSO4, Simob (P)sulfit HgSO3, Simob (1)sulfat Hg2SO4 Simob (P)atsetet Hg(C2H4O2)r Simob (II)xromat Hg2CrO4. Simob (P)sianid Hg(CN)2, Simob (N)sianat Hg(ONC)2 va boshqa birikmalar kimyo sanoatida, tibbiyotda, fotografiyada va boshqa sohalarda qoʻllanadi.

Simob qadim zamonlardan beri ma’lum. Xitoyda miloddan 3000yil avval simobni bilishgan. Yevrupoda simob o’rta asrlarda alkimyogarlar qo’lida o’tkazish uchun asosiy modda sifatida ishlatilgan. Lekin tarixiy adabiyotda simob haqidagi ma’lumotlar oltin,kumush,mis,qo’rg’oshin va temir haqidagi ma’lumotlardan keyin paydo bo’lgan. Miloddan 300yil avval Teofrast kinovar (HgS.) dan simob olishga muvaffaq bo”lgan. Yatrokimyo davrida tabiblar tibbiyotga tarkibida simob bo’lgan dorilarni kiritganlar.Ilm-fanda,xarbiy ishda simobning vazifasi nixoyatda muhim bo’lgan.


Simob bug’i atomlardan iborat bo’lib, nihoyatda zaharlidir. Uning eng oz miqdori ham uzoq ta’sir etsa, organizmga zarar etkazadi. Simob birikmalari oshqazonga tushsa, ovqat hazm qilish organlarining, yurak va buyrakning ishlashi buziladi, u bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak. Simob ko’p metallarni (Na, K, Ag, Au ni) o’zida eritib, amalgamalarni hosil qiladi. Amalgamalar odatdagi haroratda suyuq yoki yumshoq bo’lishi bilan boshqa qotishmalardan farqlanadi.
Simob va uning birikmalari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall Simobning bugʻlari ayniqsa xavfli. Simob nafas orqali qonga oʻtadi. Qonga oʻtgan Hg undagi oqsillar bilan qoʻshiladi. S. ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya toʻqimalarida toʻplanadi. Hgdan zaharlarganda vena orqali giposulfitning 20%li eritmasi yuboriladi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va h.k. Hg preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qoʻllanadi.
Simobning yadro zaryadi (Z) 80 ga teng. Simob tabiatda erkin va birikma holida uchraydi, uning 7 ta tabiiy va 20 ta sun’iy izotopi bor. Simobning eng mashhur birikmasi kinovar HgS dir, erkin simob odatdagi haroratda suyuq bo’lganidan tomchilar holida uchraydi.
Olinishi. HgS ning harorat ta’sirida parchalanish mahsulotidan simob ajratib olinadi, ba’zan HgS ga Fe yoki ohak ta’sir ettirib ham simob olinadi:

HgS + O2 = Hg + SO2


HgS + Fe = Hg + FeS

4HgS + 4CaO = 4Hg + 3CaS + CaSO4


Hg(NO3)2 = Hg + Hg(NO2)2

Bug’ holidagi simob maxsus idishga yig’ilib, keyin haydash bilan tozalanadi. Laboratoriyada simob HgS ni harorat ta’sirida qizdirish bilan olinadi:

2HgO = 2Hg +O2

Toza simob havoda oksidlanmaydi, lekin nam havoda tursa oksidlana oladi. U suyultirilgan H2SO4 da qizdirilganda eriydi. HNO3 da qizdirilmasa ham yaxshi eriydi, odatdagi sharoitda Cl va S bilan birikadi. Temir, nikel va kobalt simobda erimaydi, shuning uchun simob temir idishlarda saqlanishi mumkin.


Hg + 2H2SO4 = HgSO4 + SO2 + 2H2O

Simob (I) – nitrat Hg2(NO3)2 simobga suyultirilgan HNO3 ni ta’sir ettirib, olinadi:

6Hg + 8HNO3 = 3Hg2(NO3)2 + 4H2O+ 2NO↑

Hg2(NO3)2 + 2NaOH = 2NaNO3 + HgO + Hg + H2O

U eritmadan Hg2(NO3)2∙ 2H2O holida kristallanadi, suvda erimaydi va tibbiyotda ishlatiladi.

Simob (I) – xlorid Hg2Cl2 suvda kam eriydigan oq modda zichligi 7,15 g/sm3 ga teng. Sulema va simob aralashmasi qizdirilganda, simob (I) ning suvda eriydigan tuzlariga xloridlar ta’sir ettirilsa, Hg2Cl2 hosil bo’ladi:

HgCl2 + Hg = Hg2Cl2

Hg2(NO3)2 +2NaCl = Hg2Cl2+ 2NaNO3

Hg2Cl2 kalomel deb ham ataladi, tibbiyotda ishlatiladi, uning tuzilish formulasi quyidagicha:

Cl – Hg – Hg – Cl

Simob (II) – oksid HgO sariq yoki qizil kristall modda, zichligi 11,14 g/sm3 ga teng, tabiatda uchramaydi. Simobni havoda qizdirish, uning ikki valentli tuzlariga ishqor ta’sir ettirish va Hg(NO3)2 qizdirish bilan HgO hosil bo’ladi: 2Hg + O2 =2HgO

2Hg(NO3)2 = 2HgO + 4NO2 + O2 (quruq usul)

HgCl2 + Ba(OH)2 =HgO ↓+ BaCl2 +H2O (ho’l usul)

Hg(NO3)2 + K2CO3 + H2O = HgO + 2KNO3 + H2CO3

Simob (II) – oksid kimyoviy preparatlar olishda ishlatiladi.

Simob (I)- oksid qora kukun, zichligi 9,8 g/sm3 ga teng, termik jihatdan nihoyatda beqaror bo’lib, xona haroratdagi Hg va HgO ga parchalanadi. Hg2O suvda erimaydi.

Hg(NO3)2 + 2NaOH = Hg2O + 2NaNO3 +H2O
Simobning HgO2 tarkibli peroksidi ham ma’lum. U beqaror modda.

Hg2(OH)2 va Hg(OH)2 gidroksidlari olinmagan, chunki ular hosil bo’lishi bilan parchalanadi.



Simob (II) – gidroksidga (va oksidga) ammiak ta’sir ettirilsa suvda (va suvdan boshqa erituvchilarda ham) erimaydigan oq mikrokristall kukun hosil bo’ladi: 2HgO + NH3 + H2O = [Hg2NH2(OH)2]OH

<>

Kadmiy (lot. Cadmium), Cd — Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%),mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%),mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.
Kadmiyni 1817 yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi ("Kadmeia") bilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari bilan aralash uchraydi. Kadmiy — siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kadmiy — kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuqlanish temperaturasi 320,9°, qaynash temperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy HCl, H2SO4 da, ayniqsa, HNO3, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va boshqa bilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi.
Odatda kam uchraydigan kadmiy va juda ko'p element, bu metallning o'rtacha miqdori yergi (Klark) taxminan 1,3 10-5% og'irligi yoki og'irligi bo'yicha 1,6 10-5%, kurmium litosferasida taxminan 130 mg / t). Kadmiy bizning sayyoramizning tubida, hatto noyob Germaniyani 25 baravar ko'proq deb hisoblagan sayyoramizning tubida. Taxminan bir xil kadmiyaning va boshqa noyob metallar bilan: Berilyum, Cesiya, Scandiya va indium. Cadmiyum surmalikka nisbatan yaqindir (2 10-5%) va simobdan ko'ra yana ikki marta ko'proq (8 10-6%).
Qirq sakkizinchi element uchun, rux (kadmiy bilan birgalikda ko'chma nosozliklar va har doim sincinik elementlar, ya'ni kimyoviy elementlar tabiiy elementlar shakllanishiga moyil bo'lsa Sulfidlar, selenides, televizorlar, sulfozollar, ba'zan mahalliy davlatda duch kelishdi. Bundan tashqari, qirq sakkizinchi element gidrotermal cho'kindilarga qaratilgan. Kgmyon vulkanik jinslariga boy kg ga 0,2 mg gacha bo'lgan vulkanik jinslar; Cho'kindi jinslar orasida eng kuchli qirq sakkizinchi loy, 0,3 mg / kg gacha (ohaktoshlarni taqqoslash uchun) 0,035 mg / kg / kg / kg dan iborat. Tuproqdagi o'rtacha kidmiya tarkibi 0,06 mg / kg. Shuningdek, bu noyob metal suvda - eritilgan shaklda (sulfat, xlorid, kidmiy nitrat) va organ-mineral komplekslarning bir qismi sifatida to'xtatilgan. Tabiiy sharoitda, qirq sakkizinchi element rangli metall orazarni tanlab qurish natijasida er osti suvlarini, shuningdek suv o'simliklari va organizmlarning parchalanishi natijasida er osti suvlarini olib kiradi. XX asr boshidan beri antropogen ifloslanish tabiiy suvlar kadmiyida suv va tuproqda kadmiy oqimida ustunlik omiliga aylandi. Suvdagi kadmiy miqdori bo'yicha o'rtacha ta'sir ko'rsatadi (ishqorli muhitda kadmiy gidroksid shaklida maydalangan kadmiy gidroksiya shaklida hosil bo'ladi). Xuddi shu antropogen sabzi kadmiyiy va havoda. Qishloq joyida havodagi kadmiy miqdori 0,1-5.0 NG / m3 (1 NG yoki 1 ng yoki 1 nnogramms), shaharlarda - 15-15 NG / m3. Asosan kadmiyani kiritish atmosfera havosi Buning sababi shundaki, issiq elektr energiyasini yoqib yuborganligi sababli ushbu elementni o'z ichiga oladi. Havodan joylashtirilgan, kadmiyum suv va tuproqni kiritadi. Mineral o'g'itlardan foydalanish tuproqdagi kadmiy tarkibining ko'payishiga yordam beradi, chunki ularning deyarli barchasi ushbu metallning ozgina ifloslanishi bor. Suv va tuproq kosmiyasidan o'simliklarga va tirik organizmlarga kiradi va keyin oziq-ovqat zanjiri "etkazib berilishi mumkin" .

Download 37.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling