Lito va lot Lithium, Li Mendeleyev davriy sistemasining 1
Download 76.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Litiy - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lítiy / Lithium (Li)
- Kimyoviy xossalari
- Termodinamik xossalari
- Kristall panjarasi
- Soʻnggi tahrir 7 oylar avval MathXplore tomonidan amalga oshirildi
Litiy Litiy (lito... va lot Lithium), Li — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 3, atom massasi 6,941, ishqoriy metallarga mansub. Ikkita barqaror iztopi bor: 6Li (7,52%) va 7Li(92,48%). 1817 yilda shved kimyogari Litiy Arfvedson kashf qilgan. Litiy tabiatda keng tarqalgan. Yer poʻstining massa jihatdan 6,5-10~3% ni tashkil qiladi. 150 dan ortiq minerali maʼlum. Asosiy minerallari: spodumen LiAl[Si2O6], lepidolit K, 5A1, 5[SiAll0] (F2OH)2 va petalit (Li,Na)[Si4A10lo]. Litiy kumushdek oqmetall (havoda xiralashib, qoramtir parda bilan qrplanadi) yengil, yumshoq, choʻziluvchan, pichoq bilan kesiladi. Zichligi 533 kg/m³ , suyuqlanish temperaturasi 180,54°, qaynash temperaturasi 1340°. Brinell boʻyicha qattiqligi 7850Pa. Barcha birikmalarida Litiy bir valentli. Kislorod bilan bevosita reaksiyaga kirishganda yoki isitilganda (havorang alanga berib yonadi) litiy oksid hosil qiladi. Suv bilan birikkanda litiy ishqori LiOH hosil qilib vodorod ajratib chiqaradi. Mineral kislotalar bilan faol reaksiyaga kirishib, tuzlar beradi. Azot, vodorod, galogenlar, uglerod, kremniy,
Lítiy / Lithium (Li) Atom raqami 3 Koʻrinishi Yumshoq oqish- kumush rang metall
Atom massasi (molyar massasi)
6,941 m. a. b. (g/mol) Atom radiusi 155 pm Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) 519,9(5,39) kJ/mol (eV) Elektron
[He] 2s 1
konfiguratsiyasi Kimyoviy xossalari Kovalentlik radiusi 163 pm
Ion radiusi 68 (+1e) pm Elektrmanfiylik (poling
boʻyicha) 0,98
Elektrod potensiali -3,06 В Oksidlanish darajasi 1
Zichlik 0,534 g/sm³ Solishtirma issiqlik sigʻimi 3,489 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 84,8 Vt/(m·K) Erish harorati 553,69 K Erish issiqligi 2,89 kJ/mol Qaynash
harorati 1118,15 K Qaynash issiqligi 148 kJ/mol Molyar hajm 13,1 sm³/mol
Panjara
tuzilishi kubik
hajm-markazlashgan Panjara davri 3,490 Å Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 400,00 K
fosfor birikmalari va boshqa koʻpgina moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Metallorganik birikmalar hosil kila olish Litiyning muhim xususiyati. Shunga koʻra, organik sintezda koʻp qoʻllaniladi (qarang Litiyorganik birikmalar ). Litiy olish uchun tarkibida 0,25—30% litiy oksid boʻlgan ruda boyitiladi. Natijada hosil boʻlgan mineral (spodumen, lepidolit, petalit) konsentratlaridan Litiy ajratib olinadi. Sanoatda Litiy metali litiy xlorid va kaliy xlorid aralashmasini elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Hozirgi vaqtda Litiy metallotermik usul bilan ham olinmoqda. Metall Litiy quyma, donalar, sim, sterjen shaklida chiqarilib, vazelin yoki parafin
qatlami ostida (germetik idishda) saqlanadi. Litiy yadro energiyasi ishlab chiqarishda, silikat sanoatida, kora va rangli metallurgiyada, kimyo, toʻqimachilik sanoatlarida va qishloq xoʻjaligida ishlatiladi. [1]
unsurlar davriy jadvalining 3 unsuri, metall. 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php?title=Litiy&oldid=2095667 " dan olindi Soʻnggi tahrir 7 oylar avval MathXplore tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 76.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling