1. Simobning olinishi, xossalari, tabiatda tarqalishi va birikmalari
Download 37.02 Kb.
|
komilovvvvvvv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi
Kimyoviy xossalariRux atsetati Rux havoda barqaror, chunki yupqa oksid parda keyingi oksidlanishdan himoyalaydi. Rux asosan yuqori haroratda aktivlashib, oddiy moddalar — galogenlar, kislorod va oltingugurt bilan reaksiyaga kirishadi. {\displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+Cl_{2}^{0}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}Cl_{2}^{-1}}}} {\displaystyle {\mathsf {2Zn^{0}+O_{2}^{0}{\xrightarrow {t^{o}}}2Zn^{+2}O^{-2}}}} {\displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+S^{0}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}S^{-2}}}} Rux azot va vodorod bilan reaksiyaga kirishmaydi. Rux nitrid Zn3N2 va rux gidrid ZnH2 bevosita yoʻllar bilan olinadi. Murakkab moddalar — kislota, ishqor eritmalari va suv bilan rux sharoitga qarab har xil reaksiyaga kirishadi. Suv odatda rux bilan taʼsirlashmaydi. Qizdirilganda rux suv bilan quyidagi tenglama boʻyicha reaksiyaga kiradi: {\displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+H_{2}^{+1}O^{-2}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}O^{-2}+H_{2}^{0}\uparrow }}} Elektr kimyoviy kuchlanishlar qatorida rux vodoroddan ancha chapda turadi va kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi[5]. Shuning uchun odatda rux laboratoriya amaliyotlarida Kipp apparati yordami bilan vodorod olishda foydalaniladi: {\displaystyle {\mathsf {Zn+2HCl\rightarrow ZnCl_{2}+H_{2}\uparrow }}} Rux azot va toʻyingan sulfat kislotalarda eritilganda vodorodni ajratmaydi, unda azot yoki oltingugurt birikmalari hosil boʻladi. Rux amfoter xossaga ega. U suyuqlantirilganda ishqorlar bilan reaksiyaga kiradi. Ishqorlarning kuchli eritmalarida asosan qizdirilganda eriydi. {\displaystyle {\mathsf {Zn+2NaOH\rightarrow Na_{2}ZnO_{2}+H_{2}\uparrow }}} {\displaystyle {\mathsf {Zn+2NaOH+2H_{2}O\rightarrow Na_{2}[Zn(OH)_{4}]+H_{2}\uparrow }}} IshlatilishiRux oddiy sharoitda havo kislorodi va suv bilan reaksiyaga kirmaydi, shuning uchun uning asosiy massasi temir va poʻlat buyumlarni qoplashda ishlatiladi. Rux metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatorida temirdan chapda joylashgani uchun korroziya birinchi boʻlib rux qoplamida boshlanadi, temirga oʻtmaydi. Sirtida ozgina rux qolsa ham temir yemirilmaydi. Koʻp miqdorda rux galvanik elementlar tayyorlashda sarflanadi. Metall rux gidrometallurgiya jarayonlarida qaytaruvchi sifatida koʻpchilik qimmatbaho metallarni, jumladan, kumush, oltin, kadmiy va boshqalarni eritmalardan ajratib olishda ishlatiladi. Download 37.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling