Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- URG„U VA UNING TURLARI.
- Soʻz urgʻusi.
№
Soʻz Boʻgʻinlarga ajralishi Asos va qoʻshimchaga ajralishi Izoh 1 baxtli baxt-li baxt-li Soʻzning boʻgʻinlarga ajralishi bilan asos va qoʻshimchalarga ajralishi teng kelgan. 2 gullar gul-lar gul-lar 3 baxtim bax-tim baxt-im Soʻzning boʻgʻinlarga ajralishi bilan asos va qoʻshimchalarga ajralishi teng kelmagan. 4 guling gu-ling gul-ing Bo‗g‗inlar ikki turli bo‗ladi: 1) ochiq bo‗g‗in; 2) yopiq bo‗g‗in. Unli bilan tugagan bo‗g‗in ochiq, undosh bilan tugagan bo‗g‗in esa yopiq bo‗g‗in hisoblanadi. Masalan: o-na, bo-la, sa-do so‗zlaridagi har ikki bo‗g‗in ochiq, tosh-lar, mak-tab so‗zlaridagi har ikki bo‗g‗in yopiq bo‗g‗indir. URG„U VA UNING TURLARI. So‗z bo‗g‗inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‗zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg„u deyiladi. Urg‗u ikki xil bo‗ladi: 1) so‗z urg‗usi; 2) gap urg‗usi. Soʻz urgʻusi. So‗z bo‗g‗inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so‗z urg‗usi deyiladi. Masalan: kitób, bolá, gullár. Tilimizda so‗z urg‗usi ko‗pincha so‗zlarning oxirgi bo‗g‗iniga tushadi. So‗zda bo‗g‗inlar ko‗payishi bilan urg‗u ham oxirgi bo‗g‗inga ko‗chib boradi. Yozuvda urg‗u tushgan bo‗g‗inni tepasiga (´) belgisini qo‗yish bilan ifodalash mumkin. Masalan: dalá, dalalár, dalalargá; oʻqísh, oʻqishíng, oʻqishingní. Oʻzbek tilida urgʻu oxirgi boʻgʻinga tushmaydigan soʻzlar ham mavjud. Bunday soʻzlar sof turkiycha boʻlmay, tilimizga, asosan, arab, fors va rus tillaridan oʻzlashgan. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1) hózir, yángi, dóim, hamísha, zóʻrgʻa, áncha kabi ravishlar; Eslatma: Tilimizdagi koʻpchilik ravishlarda urgʻu oxirgi boʻgʻinga tushmaydi. 2) hámma, bárcha, bári, bá‟zi, qánday, qáncha, állakim, kímdir kabi olmoshlar; 18 3) ámmo, lékin, zéro, xúddi, hátto, áslo, gárchi, tóki kabi yordamchi soʻzlar; 4) bálki, albátta, afsúski, dárvoqe, dárhaqiqat kabi modal soʻzlar. Shuningdek, oʻzbek tilida bir qator soʻz va qoʻshimchalar urgʻu olmaydi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling