2. Tilimizga chet tillaridan kirib kelgan soʻzlar: karoche, madam, shef, bratan, zemlyak, paxan bular


Download 17.39 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi17.39 Kb.
#1026814
Bog'liq
yangi 10-sinf ona tili test


Test. Ona tili. 10-sinf II chorak yakuni uchun
1. Nutq sofligini buzuvchi birliklar qaysilar?
A) sheva so‘zlari, jargon so‘zlari B) varvarizm, vulgarizm
C) nutq uslublari, tarixiy so‘zlar D) A va B
2. Tilimizga chet tillaridan kirib kelgan soʻzlar: karoche, madam, shef, bratan, zemlyak, paxan - bular...
A) jargon so‘zlari B) sheva so‘zlari C) varvarizm D) vulgarizm
3. Vulgarizmlar ishtirok etgan qatorni toping.
A)Uxlatmoq-aldamoq,qistir-qistir-pul, g‘isht-xunuk, surmoq-ketmoq, soqqa-pul, ko‘ki-dollor...
B) Do‘ppi, kallapo‘sh, qalpoq, takya; o‘rik, zardoli, sigir, inak; o‘rgimchak, tortanak
C) Kanizak, xon, jallod, yasovul, mirzaboshi, omoch, dubulgʻa, amin, mingboshi
D) Megajin, xaromi, ko‘zing chiqsin, yer yutkur, oqpadar...
4.Arxaik so‘zlarni toping.
A) Mirshab, qozi, sohibqiron, mirzaboshi, qul, kanizak
B) Chelak, paqir, satil; chumoli, mo‘rcha, qarindja; buvi, bibi, moma
C)Handasa-geometriya, riyoziyot- matematika, zij- taqvim,ochun-dunyo
D) Yosh-qari, kecha-kunduz, oy-quyosh, yer-osmon
5. Albatta, shubhasiz, menimcha, avvalo, umuman, demak, tabiiyki, birinchidan- so‘zlari kiritma hisoblanadi, javob to‘g‘rimi?
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
6. Kiritma ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) 1992-yilning 30 oktyabrda (oyim o‘sha payt meni shifoxonada olib yotgan edilar) dadamning ishlari boshqa viloyatga ko‘chdi.
B) Xullas, bizga yana ikki qop un kerak ekan.
C) O‘g‘lim, kelib holimdan xabar olsang-chi.
D) Menimcha, bu qilgan ishlaring adolatdan emas.
7. Ko‘plik qoʻshimchasi hurmat maʼnosida kelgan gapni toping
A) Odamlar nima deydi. Kitoblar oʻquvchilarga tarqatildi.
B) Bolangiz Jamshidlarnikida ekan. Bugun laylolarnikida to‘planamiz.
C) Boshlarim og‘rib ketdi. Senga qarab yuraklarim ezildi.
D) Dadamlar ishdan kech keldilar. Bobomlar bizga ko‘p nasihat qiladilar.
8. Ergash gapli qoʻshma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Zamon bilan hamnafas bo‘lganlar boshqalardan bir qadam oldinda yurishadi.
B) Zamon bilan hamnafas bo‘ling, shunda boshqalardan bir qadam oldinda yurasiz
C) Kimki zamon bilan hamnafas bo‘lsa, u boshqalardan bir qadam oldinda yuradi
D) Zamon bilan hamnafas boling va boshqalardan bir qadam oldinda yuring.
9. Bog‘langan qoʻshma gapni aniqlang.
A) Xizmatchilardan liftni ishlatib berishni iltimos qilishdi, lekin foydasi bo‘lmadi.
B) Ular daryo boʻyidagi sakson qavatli mehmonxonaning yetmish beshinchi qavatiga joylashishdi, chunki bundan pastda joy yoʻq edi
C) Qadam tashlang, yoʻl o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.
D) O‘z xatosini tan olish shunday sifatki, nafsda xokisorlik kuchayib, kibr kuchsizlanadi.
10. Gap boʻlaklari tartibi inversiyaga uchragan gap berilgan qatorni toping.
A) Bilimli kishi kerak so‘zni so‘zlaydi B) Koʻpkariga kirganning, Halollik erur dardi.
C) Tatiydimi sizga shpargalka yordamida osongina olingan "5" baho D) B va C
11. “Yogʻlik osh”, “befarosatsizlik” so‘zlari to‘g‘ri yozilganmi?
A) to‘g‘ri
B) noto‘g‘ri
12. “Xato qilyapsiz” birikmasi mazmuni qaysi qatorda yumshoq ifodalangan?
A) Siz kamchilikka yoʻl qoʻyyapsiz. B) Fikringiz mutlaqo noto‘g‘ri.
C) Noo‘rin gapirmang. D) Haqiqatdan uzoqlashyapsiz
13.1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping
A) parvoyim B) obro‘yim
C) avzoyim D) orzuyim
14. "Sheriklik oshni it yemaydi" maqolining ma‘nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) “Inson bolasi bir lagandan koʻpchilik bo‘lib ovqatlanmasligi” haqida
B) “Sherik bilan ovqatlanmaslik itlarga xos, odam bolasi taomni oʻzgalar bilan baham koradi” ma‘nosida
C)A va B D)To‘g‘ri javob yo‘q
15."Aldanib qolma" matnida aldanib qolgan qahramon kim?
A)dehqon B)baqqol C)xaridor D)hech kim aldanmagan
16.Zid ma‘noli(antonim) iboralar keltirilgan qatorni toping
A) Ogʻzi qulogʻida- Boshi ko‘kka yetdi
B) Qovog‘idan qor yogʻadi- Oyogʻini qoʻliga olmoq
C) Kapalagi uchib ketdi- Yog‘ tushsa yalagudek
D) Ogʻziga qatiq ivitmoq- quloq miyani yemoq
17.Tasviriy ifodalar to‘g‘ri berilmagan qatorni toping.
A)Salomatlik posbonlari - shifokorlar, qanotli do‘stlar-qushlar
B)Oq oltin-paxta, mo‘yqalam sohiblari-rassomlar
C)Charm qo‘lqop ustasi-bokschilar, oltin boshoq-bug‘doy.
D)O‘rmon podshosi - bo‘ri, qanotli do‘stlar- quyonlar
18. " Butun zamin-u osmon uyquga cho‘mgan. Boʻronlar tinib, toʻfonlar to‘xtagan lahzada ham "U" ziyrak turadi. "U" hamisha uygʻoq. Ushbu jumlada yozuvchi Tohir Malik nimaga taʼrif bergan?
19. "Og‘aynichalish" birikmasi aslida qaysi maqoldan olingan?
20. "Toʻnini teskari kiymoq" iborasi qaysi maqoldan kelib chiqqan?
21. Qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida tovush oʻzgarishi yuz beradigan so‘zlarga misollar yozing.
22. Qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida tovush tushishi sodir bo‘ladigan soʻzlardan misollar keltiring.
23. Qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida tovush ortadigan soʻzlarga misollar keltiring
24. "So‘z guhariga erur oncha sharaf,
Kim, boʻla olmas anga gavhar sadaf" misralari muallifi kim?
25. "Ey Navoiy, bu sho‘r manglayga Bul g‘ariblar tili – tanglayda,
Munosib bir voris bitmadi. "Gʻurbatda..." dan nari oʻtmadi" misralari muallifi?
Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling