Mavzu: Orfoyepiya qoidalari Fonetik yozuv


Download 31.54 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi31.54 Kb.
#1175255
  1   2   3
Bog'liq
Orfoyepiya qoidalari Fonetik yozuv (transkripsiya)


Mavzu: Orfoyepiya qoidalari Fonetik yozuv (transkripsiya)
Reja :
1.Orfoepiya haqida umumiy tushuncha.
2.Unli tovushlar orfoepiyasi.
3.Undosh tovushlar orfoepiyasi.
4.So’z qismlari talaffuzi.
5.Boshqa tillardan o’zlashtirilgan ayrim so’zlar orfoepiyasi.

Orfoepiya so’zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek o’zak va qo’shimchalaridan iborat so’z formalarini to’g’ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir.Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo’limi ham orfoepiya deyiladi.Orfoepik me’yor aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi –jonli tildagi turlicha talaffuz ko’rinishlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.Masalan, o’zbek shevalaridan bir so’z turlicha talaffuz qilinadi: yo’q-jo’q,ko’z-guz,ota-ata,aka-oka,anor-onar kabi.To’g’ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi.Adabiy tilda to’g’ri yozish qanchalik muhim bo’lsa, to’g’ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir
Unli tovushlar orfoepiyasi.
I unlisi :1)bir bo’g’inli so’zlarda qisqa va ingichka talaffuz qilinadi: til, tish, bil, sir kabi.
2)q,g’,x undoshlari bilan yondosh qo’llanganda yo’g’on(orqa qator unlintarzida) talaffuz etiladi: qish,g’isht, xil kabi.
3)y, ng undoshlaridan oldin ingichka va biroz cho’ziq talaffuz etiladi: chiy, kiy, ming kabi.
Undosh tovushlar orfoepiyasi.
Undosh tovushlar orfoepiyasi ko’proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog’liq bo’ladi.Xususan:
1)b,d jarangli undoshlari so’z oxirida jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi.Bu hol o’zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi:kitob>kitop,borib>borip, yozib>yozip,savod>savot,obod>obot kabi
2)b, d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo’llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p, t holida talaffuz etildi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi: ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti shaklida talaffuz qilinsada an’anaga muvofiq tarzda yoziladi.
So’z qismlari talaffuzi.
1.q, k bilan tugagan otlarning ekalik affikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi:a) ko’p bo’g’inli so’zlarda qishloq>qishlog’imiz, qishlog’ingiz, qishlog’I, telpak>telpagim,telpaging,telpagi.Bir bo’g’inli so’zlarda bunday o’zgarish bo’lmaydi:o’q>o’qi,tok>toki kabi (yoq, yo’q so’zlari bundan mustasno).
2.q,k,g,g’ bilan tugagan otlarning jo’nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga>qishloqqa,chelak+ga>chelakka kabi.Boshqa barcha holatlarda a)jarangsiz undoshlardan so’ng –ka, jarangli undoshdan va unlidan so’ng –ga talaffuz etiladi: otka,oshka,qopga, ammo uyga, ovga, tolga,tomga , bolaga kabi.
Boshqa tillardan o’zlashtirilgan ayrim so’zlar orfoepiyasi.
Turkiy tillarda, ma’lumki, f undoshi bo’lmagan, shuning uchun jonli so’zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o’zlashgan so’zlaridagi “f”ni “p”deb talaffuz qilish hollari uchraydi:ulfat>ulpat, faner>paner,ferma>perma kabi hozirgi adabiy tilida ularni “f” bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan.
So’z yoki bo’g’in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo’lgan.Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan jonli so’zlashuvda so’z yoki bo’g’in boshida yoxud bo’g’indagi ikki undosh orasida bir unlining ortirilishiga olib kelgan: shkaf>ishkop, stakan>istokon,kabi.
Til ikki shaklga ega: og'zaki va yozma nutq shakli. Tovush­lar og'zaki nutqda, harflar esa yozma nutqda ishlatiladi. Yozma nutq shakli ma'lum tilning alfaviti, grafika va orfografiyasidagi tartib va qoidalarni o'z ichiga oladi. Og'zaki nutq shakli esa, maxsus belgilar yordamida yozib olinadi. Ma'lum til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini maxsus belgilar yordamida yozib olish transkripsiya deyiladi. Transkripsiya til yoki shevaning talaffuzini ilmiy tadqiq qilishda va chet tillarning talaffuziga o'rgatishda katta ahamiyatga egadir. Transkripsiya ma'lum tamoyil yordamida tuziladi. Shu sababli bir tilda bir necha turli transkripsiya turlari ishlatiladi. Masalan, ingliz tilida D. Jounz taklif etgan keng shakldagi transkripsiya, uncha ko'p qo'llanilmay­digan tor transkripsiya shakli va boshqa turli transkrip­siya­lar ishlatiladi.
Transkripsiya asosan ikki turli bo'ladi: fonetik va fonologikFonetik transkripsiya har bir tovush uchun maxsus belgi qo'yishga asoslanadi. Bunda tovushlarning ma'lum holatda artikulyatsion-akustik xususiyatlarini o'zgartirishi hisobga olinadi va fonemalarning har bir varianti uchun alohida belgi qo'yiladi. Fonetik transkripsiya belgilari kvadrat qavs ichida ko'rsatiladi. Masalan, [p, t, k] fonemalarining unlilardan oldin talaf­fuz qilinuvchi aspiratsiyali variantlari [ph, th, kh] belgi­lari bilan beriladi. Fonetik transkripsiya belgilari haqiqatda talaffuz qilinuvchi tovushlarning barcha xususiyatlarini ko'rsata oladi.

Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling