Nerv tizimining fiziologiyasi


Download 67.5 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi67.5 Kb.
#1036609
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nerv tizimi


Mavzu: Nerv tizimi
Reja:
1. Nerv tizimining ahamiyati va funktsiyasi
2. Qo`zg`alish va qitiqlanish
3. Bioelektrik hodisalar
4. Markaziy nerv tizimi
5. Vegetativ nerv tizimi


Nerv tizimining ahamiyati va funksiyasi.
Fiziolog olim Pavlov nerv tizimining ikki muhim funktsiyasi oliy va tuban funktsiyalari mavjudligini uqdirib o`tadi. Oliy funktsiya organizmni tashqi dunyo bilan aloqasini bog`lab turadi. Oliy funktsiya oliy nerv faoliyati tomonidan amalga oshirilib, unda katta miya yarim sharlari va po`stloq osti yadrolari ishtirok etadi.
Tuban funktsiya esa organizmdagi barcha to`qimalar, organ va sistemalar ishini boshqarib boradi. Tuban funktsiya oliy nerv faoliyati va nerv-gumoral yo`li bilan boshqariladi.
Nerv hujayrasi o`zining barcha o`simtalari bilan birga neyron deyiladi. Ha bir neyronda yadro va tsitoplazma mavjud. Neyron tashqi tomondan yarim o`tkazgich membrana pardasi bilan o`rab olingan bo`lib, u tufayli neyron ichida va tashqarisida ionlar kontsentratsiyasi belgilangan normada saqlanadi. Qo`zg`alish tufayli membrananing ionlar o`tkazish qobiliyati o`zgaradi, natijada u yerda potentsiallar ayirmasi vujudga keladi. Barcha nerv hujayralari qon tomirlari bilan yaxshi ta`minlangan bo`lib, u yerda qon harakati juda intensiv bo`ladi. Nerv hujayrasining eng uzun o`simtasi akson deyiladi. U yumshoq po`st nevrolemma bilan o`ralgan. Uning tagida Shvannov po`stlog`ining yadrosi joylashgan. Bu qismlar nerv tolasi uchun ajratuvchi mielin po`stini hosil qiladi va trofik funktsiyani bajaradi. Mielin po`sti oqsillar va lipidlardan iborat bo`lib, nerv tolalarini bir biridan izolyatsiya qilish funktsiyasini bajaradi. Nerv tolasining ichki tomonida neyrofibril tolalari bo`lib, ular nerv tolasini ancha baquvvat saqlaydi. Shvannov hujayralari birikib nerv tolasi atrofida maxsus po`st hosil qiladi, ular o`rtasida esa maxsus bo`shliqlar bo`lib, ma`lum suyuqlik bilan to`lgan. Shu oraliq orqali membrana tashqi muhit bilan bog`lanadi. Renve xalqasida potentsiallar generatsiyasi bo`lib, qo`zg`alishning navbatdagi tolaga o`tishini ta`minlaydi.
Nerv tolasini nerv hujayrasidan ajratsak, degeneratsiyalanadi. Lekin ma`lum vaqt o`tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchan muskullargacha qayta tiklanishi mumkin. Nerv tolasining sutkalik regeneratsiyasi 2-4 mm. Nerv tolasining yo`g`onligi 4-16 mikron bo`lishi mumkin. Odatda, yo`g`on tolalardan ta`sirning o`tishi ingichka tolalarga qaraganda ancha tez bo`ladi. Nerv tolasi muskul bilan birlashgandan keyin mielin po`stini yo`qotadi va harakat blyashkalarini hosil qiladi.
Nerv tizimi umuman olganda butun bir organizmda moddalar almashinuvi protsessini boshqarib, barcha organ va sistemalarning tuzilish, o`sishi va rivojlanishini ta`minlab turadi.



Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling