Nerv tizimining fiziologiyasi


Download 67.5 Kb.
bet3/6
Sana20.12.2022
Hajmi67.5 Kb.
#1036609
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nerv tizimi

Bioelektrik xodisalar.
Har bir tirik to`qima va xujayra ma`lum bioelektrik aktivlikka ega. Biotok ionlar assimmetriyasi tufayli membraning bir tomonida musbat zaryadlangan kationlar, ikkinchi tomondan esa manfiy zaryadlangan ionlar to`planishi, natijasida vujudga keladi. Biotok 3 xil ko`rinishda bo`ladi. Tinchlik potentsiali, mahalliy potentsial va harakat potentsiali.
Tinchlik potentsiali-fiziologik tinchlik protsessida vujudga keladigan membrana potentsialidir. Uning vujudga kelishi hujayra ichidagi tsitoplazma va hujayra yuzasining suyuqligidagi ionlar to`plami tufayli bo`ladi. Hujayra ichida kaliy ionlari, hujayralar aro suyuqlikda ancha ko`p, natriy ionlari esa tsitoplazmada kam, hujayralararo suyuqlikda ko`p. Ma`lumki biron suyuqlikda ma`lum miqdordagi kationlar bo`lsa, shuncha anionlar ham bo`ladi. Elektoroneytrallik uchun zarur ionlar anorganik (Cl, HPO, HCO) va organik anionlar (oqsillar, aminokislotalar) hisobidan bo`ladi. Bular tsitoplazmada moddalar almashinuvi natijasida sodir bo`ladi. Lekin bunday elektroneytrallik uzoq vaqt saqlanmaydi. Chunki fiziologik tinchlik holatida membranadan kaliy ionlarining o`tishi ancha shiddatli bo`lib natriy ionining o`tishi ancha sekin bo`ladi. Shunday ekan kontsentratsion gradient tufayli hujayra tashqarisiga musbat zaryadlangan ionlar chiqib oladi. Yuqori molekulali organik ionlar esa membrana teshigidan tashqariga chiqa olmaydi. Membraning ichki va tashqi tomonidan har xil zaryadlangan ionlar to`planib, tinchlik potentsiali vujudga keladi. Uning nolga tenglashishi esa xujayraning o`lganini ko`rsatadi.
Mahalliy potentsial-hujayraga biror ta`sir tufayli depolyarizatsiyalanish natijasida membranada tinchlik potentsialining pasayib ketishidir. Natijada membrana orqali ichkariga musbat zaryadlangan ionlarning kirishi kuchayadi. Oqibatda membrananing ichki tomonida musbat zaryadlangan ionlar soni oshadi. Qo`zg`alish to`xtatilishi bilan dastlabki potentsial qayta tiklanadi. Tinchlik potentsialining bunday o`zgarishi nerv va muskul to`qimalarida qitiqlanish berilgan joydagina sodir bo`ladi. Shuning uchun bunday potentsialni mahalliy potentsial deyiladi. Mahalliy potentsial harakat potentsialini vujudga keltiradigan pog`ona kuchidan 1,5-2 marta kuchsizroq ta`sir etganda yuz beradi.
Harakat potentsiali mahalliy potentsial ma`lum kritik nuqtaga yetgandan keyin membrananing natriy ionlari o`tkazish qobiliyati oshib ketadi. Oqibatda hujayra ichiga ko`plab natriy ionning kirishi sababli u yerda musbat zaryad ortib hujayra tashqarisida manfiy zaryad kuchayadi. Natijada harakat potentsiali vujudga keladi. Harakat potentsialining o`lchami natriy ionining hujayra ichiga qancha kirishiga bog`liq. Qachonki natriy ionlarining kontsentratsiyasi hujayra ichida va tashqarisida bir biriga tenglashsa natriyning membrana orqali o`tishi to`xtaydi. Bu vaqtga kelib membrananing kaliy ionlarini tashqariga chiqarish xususiyati kuchayib ketadi, oqibatda membrananing tashqi tomonida kaliy ioni ko`payib u yerda musbat zaryadlanish, ichkarida manfiy zaryadlanish ro`y beradi. Natriy va kaliy ionlarining bunday harakati aktiv natriy-kaliy nasosi ishtirokida bo`ladi. Shuni ham aytib o`tish kerakki harakat va mahalliy potentsiallarning vujudga kelishi uchun membrana tashqarisidagi muhitda Ca ionlari bo`lishi kerak. Harakat potentsiali pog`ona kuchi va undan yuqori kuchlar bilan ta`sir etganda yuzaga keladi. Harakat potentsiali nerv va muskul tolalari bo`ylab tarqalishi mumkin, lekin bunda uning kuchi kamayadi. Shuning uchun ham bunday potentsial harakatni dekrementsiz harakat deyiladi. Nerv va muskul to`qimasining ma`lum nuqtasida yuzaga kelgan harakat potentsiali qo`shni nuqtalarni ham qo`zg`alishga olib keladi.



Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling