1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Urug’ va qalamcha tayyorlanadigan ona bog’lar bo’limi


Download 292.88 Kb.
bet6/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

3. Urug’ va qalamcha tayyorlanadigan ona bog’lar bo’limi. Bu: 1. mevali ekinlarning standart qalamchalari (payvanust) olinadigan ona bog’lar; 2. payvandtag (urug’) yetishtiriladigan urug’li bog’lar; 3. olma va nokning vegetativ ko’payadigan kuchsiz o’suvchi payvandtaglarini beradigan bog’lar dalasini o’z ichiga oladi.
Ko’chatzorlar tarkibiga rezavor meva ekinlari (qulupnay, malina, smorodina va krijovnik) ko’chatlari yetishtiriladigan dala ham kiradi.
Ko’pincha ko’chatzor xo’jaligiga rayonlashtirilgan tok navlarining tok elita – ko’chatzor bog’i va ko’chatlar yetishtiriladigan tok ko’chatzori kiradi. Lekin sanoat yo’nalishidagi uzumchilik hududida tok ko’chatlari meva ko’chatlaridan alohida-alohida tashkil etiladi. Aralash ko’chatzorlarda manzarali – daraxt bo’limlari ham bo’lishi mumkin, bog’ni ixota qiladigan, shamol kuchini qaytarish uchun ekiladigan daraxt ko’chatlari, tomorqa, bolalar muassasalari, kasalxonalar, stadionlar va shu kabilarni ko’kalamzorlashtirish uchun gul ko’chatlari yetishtiriladi.
Ko’rsatilgan dala va bo’limlarni tashkil etishning zarurligi, ularning katta-kichikligi muayyan mevali daraxtlar hududi uchun ko’chat yetishtirish yuzasidan berilgan topshiriqqa bog’liq bo’ladi.
Meva ko’chatzori uchun joy tanlash. Ko’chatzor uchun tuman va xo’jaliklardagi eng yaxshi yerlar ajratiladi. Ko’chatzor unda yetishtiriladigan ko’chatlar bilan ta’minlanadigan tumanning yoki tumanlar guruhining markazida joylashgani maqsadga muvofiqdir. Uning temiryo’l stansiyasiga va katta yo’lga yaqin joylashganligi ko’chatni yetkazib berish va jo’natishni osonlashtiradi.
Ko’chatzor qilinadigan yer maydoni kvadrat yoki to’g’ri burchakli to’rtburchak shaklida bo’lgani ma’qul. Bunday shakl ko’chatzorni uchastkalarga bo’lishni, yerni mexanizasiya yordamida ishlashni, o’tqaziladigan ko’chatlarni hisoblashni va boshqa shu kabi ishlarni yengillashtiradi.
Tanlanadigan uchastkaning relyefi tekis bo’lishi lozim, bu esa yaxshi sug’orish uchun zarurdir. Sifatli sug’orish uchun yerning nishabligi 0,002-0,003 metrdan oshmasligi kerak. Sug’orish kanallaridan doimo suv oqib turadigan bo’lishi lozim. Shimolga va shimoliy-g’arb tomonga nishab yerlar eng yaxshi hisoblanadi. Ko’chatzorni janubiy nishabliklarga joylash maqsadga muvofiq emas, chunki bunda o’simlikning kuzgi o’sish davri uzoqqa cho’ziladi va yog’ochligi yaxshi pishmaydi. Bunday holda kech kovlab olinadigan ko’chatlarni tashish vaqtida kuzgi sovuqdan shikastlanishi, ko’chatzorda kovlab olinmay qolgan ko’chatlar esa yerning muzlashidan zararlanishi mumkin.
Sovuq havo to’xtab qoladigan past yerlar, chuqurliklar ham shuningdek, hamisha yoki tez-tez shamol bo’lib, tuproqni quritadigan, yosh payvandlarni sindirib yuboradigan joylarda ham ko’chatzor barpo qilish tavsiya etilmaydi.
Ko’chatzor uchun sug’oriladigan madaniy bo’z va o’tloq tuproqli yerlar eng yaxshi hisoblanadi. Tuproq qatlami ko’pi bilan 40-50 sm bo’lib, sho’rlangan va botqoqlangan hamda shag’al toshli yerlar ko’chatzor uchun yaramaydi. Sizot suvlari yer betidan 1,5-2 m chuqurlikda bo’lishi lozim, aks holda o’simliklarning o’sishi haddan tashqari kechikadi va to’qimalar yaxshi yetilmaydi.
Ko’chatzorning ko’paytiriladigan dalalari uchun aholi yashash joylariga yaqinroq joydagi unumdor yerlar ajratiladi. Ona ko’chatzorlar kamroq mehnat talab qilganligi uchun uzoqroq maydonlarda joylashtiriladi. Shu bilan birga payvandtag va rezavor-meva ko’chatlari vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladigan ona ko’chatzorlar maydoni urug’lik payvandtag va navdor ona bog’lar barpo etiladigan yerlardan ko’ra yaxshiroq joyda bo’lishi kerak.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling