5-mavzu. Ko’zi ojiz bolalar Mavzu bilan batafsil tanishing


Download 26.25 Kb.
bet1/6
Sana21.01.2023
Hajmi26.25 Kb.
#1107554
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maxsus pedagogika 5-mavzu


5-mavzu. Ko’zi ojiz bolalar
Mavzu bilan batafsil tanishing.
1. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash tizimi
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari qoshida guruhlar va maktab-internatlar qoshidagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun bog‘chalar ochilgan:
● bolalar bog‘chalari, yasli bog‘chalar va ko‘r bolalar uchun oshilgan maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari;
● bolalar bog‘chasi, yasli-bog‘chalar va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun guruhlar;
● bolalar bog‘chalari, yasli bog‘chalar, g‘ilaylik va ambliopiya kasalligiga duchor bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari. Hozirgi kunda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining aralash turlari mavjud bo‘lib, bu erda asosan g‘ilaylik va ambliopiyaga duchor bo‘lgan bolalar, qaysidir darajada zaif
ko‘ruvchi va ko‘r bolalar tarbiyalanadilar. Bunday muassasalarning maqsadi – ko‘rish imkoniyatini tiklashni ta’minlovshi davolash va uning holatining yomonlashuvidan xabardor qilish, shuningdek erta yuzaga keladigan
ko‘z kasalligi patologiyalarini, o‘qitish va tarbiyalash jarayonida korreksion-kompensator sharoitlar yaratish, bilish faoliyatidagi, jismoniy nuqsonlarni va ba’zi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda kuzatiladigan asosiy shaxsiy sifatlarni bartaraf etish va yumshatishdir. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarning shaxsiy sifatlari, harakat sohalari, ularni bilish
faoliyatlari, xususiyatlari va rivojlanishining o‘ziga xosligini hisobga olib tuzilgan maxsus dastur asosida ishlaydi. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitishda ko‘ruv nuqsoni xarakteri va darajasini hisobga olgan holda ularni har tomonlama korreksiyalash va kompensasiyalashga yo‘naltirilgan bolalar bog‘chasida
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitishda 10 ta ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalardan iborat yoki g‘ilaylik ambiopiyali 10-12 nafar boladan iborat guruhlardagi mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar o‘yin xarakterida bo‘ladi. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi, ko‘r va zaif ko‘ruvchi, g‘ilay va ambliopiyali bolalarni maktab ta’limiga tayyorlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantiruvchi umumiy va maxsus vazifalarni hal etishga qaratilgan. Maxsus dastur umumta’lim bog‘chalarining dasturi asosida tuzilgan shu bilan bir qatorda ko‘ruv idroki va predmetli tasavvurni shakllantirish, ijtimoiy adaptasiya va fazoda mo‘ljal olish, anglash, eshituv idrokini rivojlantiruvchi, davolovshi jismoniy tarbiya, ritmika, nutq nuqsonlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus bo‘limlar kiritilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitish, ko‘rishda
nuqsoni bo‘lgan bolalar xususiyatini, ularning idroki (ko‘ruv va anglash), bilish faoliyatlari va kompensator imkoniyatlarini hisobga olgan holda umumdidaktik tamoyillar asosida ish olib boriladi. Ko‘ruv idroki, predmetli tasavvurlar, fazoda mo‘ljal olish, nutq kamchiliklarni bartaraf etish, predmetli amaliy faoliyat
va boshqalarni korreksiyalashga maxsus metod va usullar qo‘llaniladi. O‘qitishda muhim o‘rinni ko‘rgazmalilik egallab, u idrok shart-sharoitiga moslashadi ko‘rgazmali illyustrativ materialni, ko‘rib idrok etishni korreksiyalashda optik vositalardan keng foydalaniladi. Predmetli tasavvur verbplizimni
bartaraf etish va hissiy malakani kengaytirish uchun artofolamni kuzatishlar va ekskursiyalarda maxsus ishlar olib boriladi. Bunda ko‘lik va zaif ko‘ruvchilikni kompensasiyalovchi vosita sifatida nutq boshqaruvchi muhim rol egallaydi. Predmetli- amaliy faoliyat nuqsonlarni bartaraf etishda, qo‘l mehnati
bilan bajariladigan vazifalarni, qurish, yasash, applikasiya, rasm chizish va boshqalarda topshiriqlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish metodi qo‘llaniladi.
Bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda kompleks yondashuv natijasida bola faoliyatida atrof-olam va odamlar bilan munosabati shakllanadi. Bolaning to‘g‘ri rivojlanishini tashkil qilish uchun ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘chalari va maktab internatlari, shuningdek ijtimoiy va oilaviy tarbiya oralarida uzviylik bo‘lishi kerak. Pedagogik jarayonda ko‘rishni rivojlantirish va faollashtirish va uni saqlash, shuningdek umumiy salomatlikni saqlashda korreksion-tarbiyaviy ish va davolovchi-tiklovchi ish o‘rtasidagi uzviylik va aloqa muhim o‘rin egallaydi. Bolalar bog‘chasi, g‘ilay va amliopiyali bolalar uchun yasli-bog‘chalar,
maxsus o‘quv-tarbiyamuassasalari ilk vamaktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, o‘qitish va davolash uchun mo‘ljallangan. G‘ilay va ambliopiyali bolalar uchun maktabgacha muassasalar ta’lim tizimiga kirib, ular ta’lim bo‘limi, sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda ochiladi.
Umumiy pedagogik boshqaruvchilik ta’lim bo‘limi orqali, davolashni ta’minlashga javobgarlik sog‘liqni saqlash bo‘limi orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha muassasa bog‘cha-yaslilarga 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni saralash va tibbiy xulosa psixologik-pedagogik komissiya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi. Tekshirish metodikalari o‘zida ma’lum bir yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishi darajasini aniqlash imkonini beradigan qator o‘yin topshiriqlarni aks ettiradi. Muassasadan chiqarish, tibbiy psixologo-pedagogik komissiya hujjatiga ko‘ra amalga oshiriladi. Maktabgacha muassasaning asosiy maqsadi g‘ilay va ambliopiyali bolalarga kompleks
yordam ko‘rsatishdir. Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasining o‘qitish va tarbiyalash vazifalariga quyidagilar kiradi:
● psixofizik rivojlanish darajasini aniqlash va unga mos o‘qitish va tarbiyalash sharoitlarini tashkil etish; umumiy rivojlanish, o‘qitish va tarbiyalashni ta’minlash;
● psixofizik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun korresion shart-sharotlar yaratish. O‘qitish va tarbiyalash mazmunini vazifalari davolovchitarbiyalovchi ishlar talablari va ko‘rsatmalarini hisobga oladi.
Bollar faoliyatining barcha turlarida ko‘ruv funksiyalarini faollashtirish uchun mashqlar ko‘zda tutilgan. Ko‘ruv – idrokni rivojlantirish, maxsus korreksion mashg‘ulotlarda, shuningdek, o‘yin-umumta’lim mashg‘ulotlarida va kundalik hayotda amalga oshiriladi. Ko‘ruv idrokini rivojlantirish, fazoda mo‘ljal olish, ijtimoiy maishiy mo‘ljal olishga o‘rgatuvchi korreksion mashg‘ulotlar
o‘qituvchi defektolog (tiflopedagog) tomonidan olib boriladi. Nutq nuqsonlarini bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlar logoped tomonidan olib boriladi. Bunda leksik, fonetik, gramatik va bog‘langan nutqi buzilishi darajasiga ko‘ra bir xil
bo‘lgan bolalar guruhlarga birlashtiriladi. Bundan tashqari, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda harakat doirasida buzilishlar kuzatilgani bois, ular bilan maxsus davolovchi jismoniy tarbiya, ritmika mashg‘ulotlari olib boriladi. Bolalar bog‘chasidagi barcha o‘quv tarbiyaviy jarayon davolovchi, tiklovchi ishlar talablari asosida o‘tkaziladi.

Download 26.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling