5-mavzu. Ko’zi ojiz bolalar Mavzu bilan batafsil tanishing
Maktabgacha yoshdagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasi
Download 26.25 Kb.
|
maxsus pedagogika 5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyausullari
- Ibrat va namuna usuli
Maktabgacha yoshdagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasi Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasi maqsad va vazifalari pedagogikaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Tarbiyaning umumiy vazifasi maxsus vazifa bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan, birlamchi, ikkilamchi nuqsonlarni bartaraf etish bilan birga olib boriladi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasida ko‘rinadigan salbiy holatlar quyidagilar:
● o‘yin, o‘qish, mehnat faoliyati cheklanganligi; ● begonalar bilan muloqotga kirishishdagi qiyinchiliklar; ● o‘z o‘ziga xizmat qila olmasligi (yoki ulardagi kamchiliklar); ● madaniy, ma’naviy bilimlarning sayozligi (yo‘qligi) kabilardir; Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni har tomonlama tarbiyalashning usullari: Tarbiyausullari–o‘qituvchi-tarbiyachilarningo‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari, ularga ijobiy hulq-atvor ko‘nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish yo‘llaridir. Usullar tizimining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uning bir turi ikkinchisi bilan qo‘shilib ketadi. Har bir usulni alohida, yakka holda qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan: o‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchilari bilan ishlash da, ular uchun yangi bo‘lgan o‘quv mehnatini o‘rgatish ishini o‘quvchilarning hulq-atvor qoidalarini, maktabda va uyda kun tartibi aniq bo‘lishi muhimligini, qunt bilan, zo‘r berib mehnat qilish zarurligini uqtirishda tushuntirish yo‘lini qo‘llaydi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: Ijtimoiy axloqni tarkib toptirish va o‘quvchilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish usullari: o‘rgatish, ibrat-namuna, ishontirish, o‘yin-musobaqalar. Ibrat va namuna usuli Bolalar tarbiyasida ibrat va namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidshilikka asoslanadi. Odatda bolalar o‘zlarining yaqinlarini, ularning yurish turishini ongli yoki ixtiyorsiz kuzatib boradilar, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengqurlari) xulq-atvorini va xatti-harakatlarini kuzatib, boradilar, ularga taqlid qiladilar. Download 26.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling