5-mavzu. Ko’zi ojiz bolalar Mavzu bilan batafsil tanishing


Download 26.25 Kb.
bet6/6
Sana21.01.2023
Hajmi26.25 Kb.
#1107554
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maxsus pedagogika 5-mavzu

Mehnat tarbiyasi Mehnat – insonning asosiy faoliyatidir. Mehnat tufayli kishi
shaxs sifatida shakllanadi. Axloqiy va aqliy qobiliyatlarning o‘sishida, albatta, mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir. Bolalarni mehnatga o‘qitish va tarbiyalash natijasida ilk hayotiy ko‘nikmalar shakllanadi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda
mehnat tarbiyasi yuqoridagilardan tashqari nosog‘lom funk siyani korreksiyalash va kompensasiyalashdagi asosiy omil sifatida qaraladi. KNB bolalar MTM hamda maktab-internatda amalga oshiriladigan barcha o‘quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligi mehnat tarbiyasiga bog‘liqdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning mehnat tarbiyasi. MTMdagi mehnat tarbiyasi, bilish faoliyatidagi kamchiliklarni korreksiyalash, kompensator jarayonni rivojlantirish, estetik tarbiyalash – ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolaning shaxsiy xususiyatini tarbiyalashga qaratildi. Bu davrda inson tarbiyasining rivojiga katta e’tibor beriladi. Bolalarda sensor malakalarning tanqisligi turli didaktik usullardan
foydalanishni taqozo etib keladi. Natijada bolada tasavvurlar yuzaga keladi. Shu o‘rinda tabiiy ob’ektlardan foydalanish qo‘l keladi. Tabiiy (natural) narsa, buyumni o‘rganish jarayoniga tarbiyachi uning tuzilishi, shakli, o‘lchovi, kattaligi va
boshqa jihatlari bilan tanishtiradi. Sensor malakalarning boyligi, predmetlar bilan tanishishi, mehnat qurollari, ishlanmani ishlash texnologiyasini o‘rganish natijasida bolaning tasavvur olami boyib boradi, nutqi o‘sadi hamda fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Axloqiy tarbiya deganda shakllanayotgan, rivojlanayotgan, o‘sib kelayotgan avlodda xulq-odob me’yorlariga mos keluvchi sifatlarning shakllanishini tushunamiz. Axloqiy tarbiya mohiyati alohida shaxs uchungina emas, balki jamiyatning kelajagi, uning qanday jamiyat bo‘lishi uchun ham muhimdir. Axloq
- ijtimoiy ong shakli bo‘lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq-atvorini yo‘lga solib turadigan tamoyillar, talablar, me’yorlar va qoidalar yig‘indisidan iborat. Axloqiy tushunchalar – yaxshilik, sharaf, vijdon va boshqalar baholanuvchi xarakterga ega. Axloq mazmuni muayyan qadriyat yo‘l-yo‘riqlarini, xulq-atvor me’yorlarini va motivlarini, insonlararo muomala shakllarini o‘z ishiga oladi va ayni vaqtda ularni asoslaydi. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni axloqiy
tarbiyalash uchun quyidagi asosiy tamoyillarga rioya etish alohida ahamiyatga ega:
● umumiy va yakka xususiyatlarni aniqlash uchun ularni atroflicha o‘rganish; birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni tahlil etish;
● kuchli, nisbatan saqlangan imkoniyatlarni aniqlash va shunga asoslanib ish olib borish;
● pedagogik jarayonning bolalar nuqsonlarini to‘g‘rilash va ularning o‘rnini to‘ldirishga qaratilishi;
● turli toifaning nuqsonlariga alohida munosabatda bo‘lish, ayrim bolalarga yakkama-yakka asosda yondashish.
Начало формы
TAMOM
Конец формы
Начало формы
Начало формы
Download 26.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling