5-mavzu. Ko’zi ojiz bolalar Mavzu bilan batafsil tanishing


Download 26.25 Kb.
bet5/6
Sana21.01.2023
Hajmi26.25 Kb.
#1107554
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maxsus pedagogika 5-mavzu

Jismoniy tarbiyaJismoniy tarbiya – salomatlikni mustahkamlash, har tomonlama
rivojlantirish, mehnatga, hayotga tayyorlash, ko‘r va ko‘zi zaiflarning shaxs sifatida kamol topishida birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash va kompensasiyalash vositalaridan biridir. Jismoniy tarbiya ko‘r bolalarni har tomonlama tarbiyalashda harakatlanish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda jismoniy tayyorgarlikka izchillik qobiliyatini oshirishda yetakchi o‘rin egallaydi.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni jismoniy rivojlantirishning asosiy vazifasi: harakat kamchiliklarini korreksiyalashdan iborat. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda: tananing bo‘yi hamda og‘irligi, kamchiliklar, ko‘krak kengligi va boshqa antropometrik ko‘rsatkichlarning orqada qolishlari ushraydi. Aksariyat bolalarda tayanch harakat apparatlaridagi kamchiliklar kuzatiladi. Ko‘ruv organining kamchiligi va buzilishi bolalarda harakat qobiliyatlarining shakllanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Harakatlanish qobiliyatlariga: kuchlilik, shaqqonlik, shidamlilik, koordinasiya mushtarakligi kabilar kiradi. Boladagi fazodan qo‘rqish hissi bolani juda kam harakatlanishga majburlab, xatto ta’bir joiz bo‘lsa, «O‘troq» qilib qo‘yadi. Oqibatda uning qiziquvchanligi, izlanuvchanligi so‘nadi. Nima qilmoq kerak? Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy ta’lim berish jarayonida bolalarning yosh xususiyatlari va yakka imkoniyatlariga, ko‘ruv organining buzilish xarakteri va klinik shakllariga, rivojlanishning nuqsonlariga katta e’tibor
bermoq zarur. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy tarbiya berish
tizimiga quyidagilar kiradi:
1) jismoniy sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar (kundalik faoliyat davomida), (ertalabki gimnastika, sayr o‘yinlari va boshqalar);
2) maxsus jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari;
3) guruhdan tashqari jismoniy tarbiya.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning barchasi o‘z kasalliklarini klinik shakliga, qobiliyatidan qat’iy nazar quyidagisha mashqlarni bajaradilar:
● saflanish va qayta saflanish;
● predmetli va predmetsiz umumrivojlantiruvchi mashqlar;
● ko‘krakni to‘g‘ri shakllantiruvchi mashqlar;
● muvozanatni saqlash uchun mashqlar;
● ritmik mashqlar;
● bir maromda yugurish va yurish mashqlari;
● emaklash mashqlari;
● kichik hajmli to‘plarni otish;
● o‘rtacha maromda toza havoda sayr qilishni tashkil etish.
Yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya va mashg‘ulotlar davomida qo‘llanilgan korreksion va kompensator ishlar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning funksional ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Download 26.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling