Mundarija Kirish 1-Bob. Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’limning ilmiy-nazariy asoslari
Download 73 Kb.
|
Kulchayeva Dilfuza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Bob Ko‘zi ojiz bolalar ta’liminng mazmuni
- Bitiruv ishining metodlari
- Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi
Mavzu: Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’lim-tarbiya jarayoning tashkil etish asoslari Tinglovchi: Kulchayeva Dilfuza Abduqayumovna Bitiruv ishi rahbari: p.f.d., professor Z.Mamarajabova Mundarija Kirish 1-Bob. Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’limning ilmiy-nazariy asoslari 1.1. Mavzuning adabiyotlarda yoritilish holati 1.2. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tavsifi 2-Bob Ko‘zi ojiz bolalar ta’liminng mazmuni 2.1. Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni, maqsad va vazifalari 2.2. Ko‘zi ojiz bolalar maktabida didaktik tamoyillar mazmuni va ularni amalga oshirilish axamiyati Kirish Bitiruv ishining maqsadi: Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’lim-tarbiya jarayoning tashkil etish asoslarini o‘rganish. Bitiruv ishining vazifalari: - Mavzuga oid falsafiy, ilmiy, defektologik, psixo-pedagogik va metodik adabiyotlardagi ma’lumotlarni nazariy jihatdan tahlil qilish va umumlashtirish. - Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’lim jarayonini kuzatish, tahlil etish. Bitiruv ishining metodlari: mavzuga oid falsafiy, ilmiy, defektologik, psixo-pedagogik va metodik adabiyotlardagi ma'lumotlarni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish va umumlashtirish; ixtisoslashtirilgan maktab-internatlaridagi ilg‘or o‘qituvchi va tarbiyachilarning ish metodlarini o‘rganish: o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlarini o‘rganish. Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi: bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va mavzuga oid tushunchalar lug‘atidan tashkil topgan. 1-Bob. Ko‘zi ojiz bolalar maktabida ta’limning ilmiy-nazariy asoslari 1.1. Mavzuning adabiyotlarda yoritilish holati Tiflopedagogika fanining rivojlanishi XVII asrlarga G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘rlar uchun dastlabki o‘quv muassasasi Tiflopedagogika fani asoschisi fransuz pedagogi V. Gayui tomonidan 1784 – yilda Parij shahrida tashkillashtirilgan. 18 -19 asrda ko‘rlar uchun bunday maktablar Buyuk Britaniyada, Avstraliyada, Germaniyada va AQSh da tashkil qilingan. Ko‘rlar uchun tashkil qilingan bunday maktablarda o‘quvchilar yozuv, o‘quv , hisob- kitob, eng oddiy hunarmadchilik va musiqaga o‘qitilgan . 19 asr o‘rtalarida ko‘rlar uchun o‘qish va yozishda L. Brayl tomonidan 1829 – yilda ishlab chiqilgan relefli , nuqtaviy shrift varianti tarqaldi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan. Ko‘p sonli relefli va relefli – nuqtaviy alifbodan L. Brayl shrifti o‘quv va yozuv uchun sonlarni belgilash va nota belgilari uchun eng samarali bo‘lib chiqdi (III.16.). Hozirda u ko‘rlar uchun kompyuter texnikasi va kalkulyatorlar uchun asosiy kod hisoblanadi. Ko‘pchilik xorijiy davlatlarda uning zaminida tez o‘quv ishlarini olib berish tashkillashtirilmoqda, chunki L. Brayl shrifti bo‘yicha yozish va o‘qish sog‘lom insonlarning o‘qish va yozishdan bir muncha sekinroqdir (III.16.). Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling