1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Meva daraxtlarining yer ustki qismi -


Download 292.88 Kb.
bet3/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Meva daraxtlarining yer ustki qismi - tana, shox-shabba, novda, kurtaklar, barg, gul va mevalardan tashkil topgan.
Tana poyaning tik joylashgan qismi bo’lib, unga butoqlar birikadi. Tananing pastki, birinchi butoqlari bo’lgan qismi asosiy tana, yuqorigi birinchi butog’idan uchigacha bo’lgan qismi esa markaziy o’tkazuvchi yoki miqdorli deb ataladi. Markaziy o’tkazuvchidan oxirgi yildan o’sgan uchki qismi novda davomi deb ataladi.
Bevosita tanadan chiqqan shoxlar birinchi tartib shoxlar deyiladi. Birinchi tartib shoxlarga ikkinchi tartib shoxlar, ulardan esa uchinchi tartib shoxlar o’sib chiqadi va hokazo. Daraxt tanasi asosiy qismlarining ma’lum joylardan o’suvchi qism va hosil shoxchalari chiqadi. Hosil shoxchalari meva kurtaklari chiqaradi, ulardan esa gullar so’ngra, mevalar hosil bo’ladi.
Markaziy tana o’zining butoq shoxlari va hosillari bilan birga daraxtning shox-shabbasini hosil qiladi.
Meva daraxtlaridagi asosiy oziqlantiruvchi organlar - ildiz va barglar bir - biriga poya orqali tutashadi.
Poyada har xil kurtaklar hosil bo’ladi. Buning natijasida u shoxlaydi. Ko’pdan - ko’p barglar va meva shoxchalari hosil qiladi.
Poya o’sish bilan birga shoxlaydi, meva daraxtlarida u monopodial shoxlanadi, ya’ni bosh poya har yili uchidan o’sadi, yon kurtaklardan yon shoxlar hosil bo’ladi.
Shox tiplari: Shoxlar o’suvchi yoki vegetativ va meva (reproduktiv) shoxlariga bo’linadi. O’suv shoxlari baquvvat o’sgan bo’lib, ularda meva kurtaklari bo’lmaydi. Bular shox-shabbalarining har yili yuqorigi va yon tomonlarga o’sib kattalashib borishini ta’minlaydi.
Meva shoxlari kalta, sekin o’sadi va ularda meva kurtaklari joylashadi. Meva shoxlari bir necha xil bo’ladi: urug’li meva daraxtlarida xalqali shoxcha, nayza shoxchalari, nayzali ingichka novdalar meva butoqchalari tipida: danakli meva daraxtlarida esa gulli shoxcha to’p meva shoxcha, pixsimon shoxcha va aralash meva shoxchalari bo’ladi.
Kurtak - rezavor meva o’simliklarining yer ustki qismi - tanasi butog’i shoxcha, gul, meva va boshqalari kurtakdan rivojlanadi. Kurtaklar ulardan qanday organ hosil bo’lishiga qarab o’suv kurtaklari (vegetativ) va (generativ) meva kurtaklariga bo’linadi. O’suv kurtaklariga mavsum davomida barglar bilan o’ralgan xalqali qisqa shoxchalar uzun novdalar (o’sish kurtaklari) hosil bo’ladi. Reproduktiv kurtaklarda gullar, so’ngra meva yoki rezavor-meva rivojlanadi.
Gul kurtaklari meva o’simliklarida ular gullashidan bir yil oldin hosil bo’ladi. Gul kurtaklarining ko’pchilik qismi 2-9 yoshli shoxlarda joylashadi. Olma daraxtlarining gul kurtaklari yozilganida birinchi galda 5-7 bargdan iborat to’pbarg, so’ngra esa g’unchalar paydo bo’ladi.
Mevali o’simliklar bilan turli tadbirlar o’tkazishda eng ko’p ishlatiladigan va keng tarqalan asboblarga bog’ pichoqlari, tok qaychi va arrani kiritish mumkin.
Bog’ pichoqlari uch xil turda bo’ladi: katta, o’rtacha va kichik.
Pichoqlar dasta va tig’dan, tig’ o’z navbatida tayanch do’ngchali tovoncha yoki asos, sharnir uchun teshikcha, orqa tomoni va tig’idan iborat bo’ladi. Dastasi ikkita plastinka, ikkita taglik, prujina va ikkita mahkamlagichdan iborat. Tig’ dastaga sharnir bilan biriktiriladi.
Pichoqning tig’i yuqori uglerodli instrumental po’latdan yasaladi, plastinkalari esa – qattiq yog’ochli olma, nok, yong’oq taxtasidan yoki plastmassadan yasaladi. Tig’ juda yaxshi toblangan bo’lishi lozim.
Plastinka chetlari va taglik qirralari prujina qirrasi bilan bir hil yuzada joylashishi kerak. Pichoq ochilganda tig’ning orqa tomoni va plastinka tagligida joylashishi lozim.
Purjinaning egiluvchanligi shunday hisob qilinganki, pichoq to’liq ochilishi uchun uni 150 darajagacha ko’tarish lozim va so’ngra pichoq o’zi to’liq ochiladi.
Ushbu prujina tig’ni 30 darajaga ko’tarilganda uning o’z-o’zidan yopilib qolishini ta’minlaydi.
Tig’ning lezviya tomoni o’tkir bo’lishi lozim, buni diametri bir-bir yarim santimetr keladigan olma yoki qayin novdalarini kesib ko’rib tekshirish mumkin.
Kurtak payvand pichoqlari payvandtaglarga kurtak payvand qilish uchun mo’ljallab chiqariladi. Kurtak payvand pichoqlari tilchaga ega bo’ladi, u po’stloq orasini ochish va ochilgan joyga kurtakni joylashtirishda kerak bo’ladi. Pichog’i o’tkir uchli tig’ va egilgan qavariq lezviyadan iborat. Bu pichoq kurtak payvand qilishda po’stloqni T-simon ochish va kurtakni qalqon ko’rinishida payvando’stdan kesib olishda juda qulay hisoblanadi.
Payvand pichoqlari uzunchoq va to’g’ri tig’li bo’ladi, ular uzun va to’g’ri tilish imkonini beradi. tig’ning orqa tomonida qavariqcha ta’minlangan, u payvand qilishda tilingan joyni ochib chiqishda xizmat qiladi.
Payvand pichog’i bilan bir urinishda 5-7 sm uzunlikdagi qiya kesim hosil qilinadi. Kesmaning yuzasi toza va silliq bo’lishi zarur.
Payvand va kurtak payvand pichoqlari po’latining sifati va detallarini yig’ishga qo’yiladigan talablar, tig’ va dasta qismlarining nomlanishi bog’ pichog’i singaridir.
Tok qaychilar – yumaloq lezviyali bog’ pichoqlaridir, tok qaychilari dasta va tig’i yaxlit quyilgan yoki dastasi vint, mahkamlagich yoki payvandlash yo’li bilan biriktirilgan bo’lishi mumkin.
Tok qaychilar bir tomoni yoki ikki tomoni qirqadigan bo’lishi mumkin. Birinchi holatda bir tomoni kesuvchi, ikkinchi tomoni ushlab turuvchi yoki tayanch vazifasini o’taydi, ikkinchi holatda esa ikki tomoni ham kesadi.
Tok qaychining ikki tomoni bir-biriga sharnir bilan, tig’iz holatda, tirqishsiz biriktiriladi. Bunda ularning harakatlanishi erkin bo’lishi kerak, lezviyasi silliq, cho’kirtaklarsiz bo’lishi, kesuvchi qirralari istalgan holatda bir-biriga bir nuqtada tig’iz yondashishi lozim.
Diametri bir-bir yarim santimetr keladigan turli daraxt novdalaridan 10 donasini alohida kuchlanishsiz kesilganda va kesimtalar silliq, yog’ochliklari ezg’ilanib ketmasa tok qaychi ishga yaroqli hisoblanadi.
Bog’ arralari ikki tipda bo’ladi: yoysimon va dastarra. O’z navbatida yoysimon arralar polotno tizimi bo’yicha o’rnatilgan dasta, ya’ni gorizontal dastali yoki yoyda joylashgan dastali, ya’ni vertikal dastali bo’ladi.
Yoysimon arra po’lat yoy, polotno, dasta va bir qancha detallardan iborat bo’ladi. Arraning polotnosini istalgan burchak ostida joylashtirish mumkin, yoy esa vint bilan mahkamlab qo’yiladi. Polotno bir yoki ikki tomonlama kesuvchi tishchali bo’lishi mumkin. Polotnoning o’lchamlari: uzunligi 362 mm, eni 18,2 mm. Arraning tishlari ish vaqtida tarqalma o’lchamini yo’qotib qo’ymasligi kerak.
Arraning dastasi qattiq yog’och taxtalaridan tekis shilifovkalab va laklab yasaladi.
Dastarralar dasta tomonga yo’nalgan kesuvchi burchak, ingichka polotno va bir tomonlama yoki ikki tomonlama kesuvchi tishchalarga ega bo’ladi, tishchalarning uchlari bitta yuzada joylashadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling