1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Urug’ ekish va ko’chat o’tqazishdan oldin yerni ishlash


Download 292.88 Kb.
bet9/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Urug’ ekish va ko’chat o’tqazishdan oldin yerni ishlash. Kuzda urug’ ekish va ko’chat (payvandtag) o’tqazishdan 20-30 kun oldin yer plantaj plug bilan 60-70 sm chuqurlikda ag’darib haydaladi va bir yo’la yaxshilab tekislanib borona bosiladi. Agar xo’jalikda plantaj plug bo’lmasa, oddiy plugda 30-35 sm chuqurlikda haydash ham mumkin.
Ko’klamda urug’ ekiladigan va ko’chat o’tqaziladigan yerlar kuzda-noyabrda haydalib, ayni bir vaqtda o’g’it solinadi, dalalar yaxshilab tekislanadi. Kuzda shudgor qilingan yerlar bahorda boronalanadi, agar tuproq qattiq zichlanib qolgan bo’lsa, chizellanadi. Qattiq yomg’irdan so’ng ikkinchi marta boronalanadi. Sho’rlangan yerlar ikki marta boronalanadi, keyin sho’ri albatta yaxshilab yuviladi. Boronalashdan keyin volokushalar bilan o’tiladi, palaxsa ko’chgan yerlar molalanadi. Urug’ ekishdan yoki ko’chat o’tqazishdan oldin yerga yog’ochdan yasalgan yengil katok (g’o’la) yoxud mola bostiriladi.
Urug’ ko’chatlar va ko’chatlar tuproq unumdorligiga va o’g’itga talabchan bo’ladi. Shuning uchun agrotavsiyalarga ko’ra, o’g’itlash talab qilinadi.
Bog’ territoriyasini tashkil qilish. Bog’lar bir-biridan uzoqlashib qolmasligi va imkoni boricha ularni bir massivda barpo qilish uchun xo’jaliklar olindindan bog’ va tokzorlar barpo qilishning 3-5 yillik rejasini tuzadilar, yer maydonlari ajratadilar va har yili ularning bir qismini ekinlar bilan band qiladilar. Ixtisoslashtirilmagan xo’jaliklarda sanoat miqyosidagi bog’lar, odatda 25-30 ga dan kam bo’lmaydi. Bog’ uchun uchastka ajratilgandan keyin uning territoriyasi uyushtiriladi; yer tuzish, bog’ning chegarasini belgilash, uy-joy va ishlab chiqarish binolarini quriladi, ariq zovurlar, yo’llar, ixota daraxtzorlari barpo qilish loyihasi tuziladi va amalga oshiriladi.
Bog’ uchun ajratilgan uchastka kvartallarga ajratiladi, daraxtlar o’tqazish xaritasi tuziladi, tur, navlarni joylashtirish, changlovchi ko’chatlar, o’tqazish belgilanadi, ko’chatlar o’tqazish sxemasi va qalinligi aniqlanadi. Ishlash va hisob-kitob ishlarini qulaylashtirish uchun katta maydonlar 25-30 ga li kvartallarga ajratiladi. Kvartallar eni 6-8 m li yo’llar bilan bir-biridan ajratiladi, bu yo’llar magistral yo’l bilan bog’langan bo’ladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling