1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet10/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Tur va navlarni tanlash. Har bir tur va suv tuproq va iqlimga nisbatan o’ziga xos talabchan bo’ladi. Shu sababli ular­ning o’sish va hosil berishi uchun eng qulay sharoit yaratib joylashtirish kerak. Ana shu talablarga muvofiq O’zbekiston territoriyasi tabiiy va iqlim sharoitiga qarab 20 zona va 10 zonaga ajratiladi. Ishlab chiqarish tajribasi va ilmiy tekshirish muassasalari ma’lumotlariga qarab tur va navlar rayonlashtirilgan. Har bir mevachilik zonasi uchun tanlangan tur va navlar standart sortement deb ataladi. Bog’lar barpo etilganda ana shu stantdartga rioya qilinishi lozim.
Tur va navlar mevalarni qayta ishlaydigan sanoatning hamda aholining talab va eqtiyotlarini hisobga olib xo’jalikka berilgan plan topshiriqlarga qarab belgilanadi va tanlanadi. O’zbekiston iqlimi kontinental bo’lgani uchun sortimentga qora sovuq va sovuqlarga chidamli bo’lishiga qarab baho berish va ularni tanlash alohida ahamiyatga ega. Meva turlaridan shaftoli, gilos, yong’oq, o’rik va olmadan Renet simerenko navi sovuqqa ayniqsa chidamsiz hisoblanadi. Sovuq tushgan joylarda bunday daraxtlar o’tqazilmaydi yoki o’tqazish cheklab qo’yiladi. Tuprog’i sho’rlangan xo’jaliklar nisbatan sho’rga chidami tur va navlarni tanlab o’tqazadilar. Respublikaning janubiy viloyatlarida vege­tasiya davri uzoq va issiq ko’p bo’lgani tufayli anjir, anor, xurmo, unabi kabi subtropik o’simliklar yaxshi o’sadi va hosil beradi. Tog’ etagi va tog’li rayonlarda yong’oq, bodom, o’rik, nok, katta o’rin oladi.
Bog’da meva tur va navlarini joylashtirish. Har bir tur va hatto har bir navning tashqi muhitga bo’lgan talabchanligi turlicha bo’ladi. Bunga erishish uchun turlar alohida-alohida uchastkalarga va hatto kvartallarga, navlar esa butun - butun alohida qatorlarga o’tqaziladi. Navlar esa ularning hosili birin-ketin yig’ishtirib olinadigan qilib, ya’ni dastlab ertapishar, ulardan keyingiga o’rtapishar va oxirgi qatorlarga kechpishar navlar o’tqaziladi.
Navlar shunday tanlanishi lozimki, ular bir-biridan changlansin, butun vegetatsiya davrida bog’dan bir me’yorda hosil olinib tursin, xo’jalikdagi ishchi kuchi va texnikalar yil davomida bir me’yorda ish bilan ta’minlansin. Bog’dagi asosiy turlar 6-8 navdan, boshqalari 3-5 turdan iborat bo’lib, ular har xil muddatlarda pishadigan bo’lishi lozim.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling