1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet18/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Meva ekinlarining guruhlanishi
Tayanch iboralar – guruhlanish, meva, rezavor meva, urug’li meva,danak meva, yong’oq meva, sitrus meva, subtropik meva, tropik meva, daraxt, buta, chala buta, o’tchil, gul tuzilishi, o’z-o’zidan, shamol yordamida, hashoratlar yordamida changlanish, ko’p yillik.
Ekiladigan meva, rezavor-meva ekin turlari morfologik belgilari, biologik xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi (5-jadval);
- urug’li meva ekinlari;
- danakli meva ekinlari;
- yong’oqli meva ekinlari;
- rezavar-mevali ekinlar;
- subtropik mevali ekinlar;
- sitrus mevali ekinlar;
- har xil tropik mevali ekinlar.
Xo’jalikda foydalanilishiga qarab bodomni yong’oq mevalarga kiritish mumkin.
Yer ustki qismining tuzilishi, hosil berishi, uzoq yashashi va boshqa belgilariga ko’ra, meva va rezavor-meva o’simliklarini daraxt, buta, chala buta va ko’p yillik o’tchil o’simliklarga bo’linadi.
Meva daraxtlarining yer ustki qismi bitta poyadan – tanadan iborat. Ular baland bo’yli, yog’ochi pishiq bo’lib, tez shoxlaydi hamda mo’l hosil beradi, lekin kechroq hosilga kiradi. Ularning ekkandan to hosilga kirib, so’ng quriguncha rivojlanish sikli uzoq davom etadi.
Butalar mevali o’simliklar bo’lib, katta tup shaklida o’sadi, deyarli bir xil yo’g’onlikdagi bir qancha novdasi bo’ladi. Krijovnik, smorodina va hokazolar shu guruhga kiradi.
Chala butalar novdasining faqat pastki qismi yog’ochlashgan, yuqori qismi qishda qurib qoladigan o’t o’simliklardir. Ularning yer ustki qismi 2 yil yashab keyin quriydi. Ildizi esa ko’p yil yashaydi. Bu guruhga malina, chernika va boshqa rezavor-meva o’simliklari kiradi.
Ko’p yillik o’tchil o’simliklarga zemlyanika, klyukva va qulupnay kiradi.
O’zbekiston sharoitida meva daraxtlari juda katta bo’lib o’sadi. Yong’oq, olma va o’rikning kuchli o’sadigan navlarining balandligi 10-15 m ga, shox-shabbasining kengligi 11-13 m ga, tanasining aylanasi 150-180 sm ga yetadi. Novdalari ba’zi yillarda 1 m dan ortiq o’sishi mumkin. Ildizi baquvvat bo’lib, ayrim navlariniki yerga 6,5 m gacha chuqur kirib, yon tomonga 12 m va undan ham ko’proqqa tarqaladi. Meva va rezavor-meva o’simliklari polikarp bo’lib, butun hayoti davomida bir necha marta gullaydi va hosil beradi. Shu xususiyati bilan faqat bir marta hosil beradigan monokarp o’simliklardan farq qiladi.
Meva o’simliklari bir uyli, guli ikki jinsli (olma, nok, olcha va boshqalar); bir uyli, lekin guli ayrim jinsli (yong’oq,

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling