Mavzu: O'zbekistonda ochiq yer uchun asosiy meva ekinlari ko'chatlarini yetishtirish xususiyatlari
REJA:
1
- Meva ekinlarini ko’paytirishning biologik asoslari va ko’paytirish usullari.
2
- Meva ko’chatzorini tashkil etish.
3
- Ko’chatni ko’vlab olish, saqlash va realizatsiya qilish.
Bog'dorchilikda meva va rezavor-meva hamda sitrus ekinlari ikki usulda ko'payadi.
Jinsiy
(urug'dan)
jinssiz (vegetativ)
Jinsiy ko’payishning avfzalliklari va ahamiyati:
Jinssiz ko’payishning avfzalliklari va ahamiyati:
- Ko'pgina meva va rezavor-meva o'simliklari chetdan changlanib, urug' beradi bu urug'lar ikki individ (ota-ona) belgilarini o'zida saqlaydi, bunday o'simliklardan o'stirilgan o'simliklar duragay bo'ladi.
- Jinsiy yo'l bilan ko'paytirilganda ham onalik, ham otalik, ba'zan esa eng qadimgi ajdodlarning belgilariga ega bo'lgan duragay olinadi.
- Bu usul amalda ko’p foydalaniladi
- Vegetativ usulda ko'paytirish asosida o'simlikning yashash qobiliyatiga ega bo'lgan ma'lum qismi – novdasi, ildizi, bargi va hatto to'qima bo'lakchasidan butun organizmni tiklash (regeneratsiya) qobiliyati yotadi.
- Vegetativ usulda ko'paytirishda o'simlik nisbatan sof holda saqlanadi, unga ona o'simlikning belgilari va xususiyatlari o'tadi.
Meva va rezavor-meva hamda sitrus ekinlarini, vegetativ yo'l bilan ko'paytirishning juda ko'p usullari bo'lib, ularni qu'yidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) novda va ildizlarni qismlarga bo'lib (gajak) ildiz bachkisi, tuplarni bo'lish, qalamcha va ildiz qalamchasini ekish, parxish qilish va boshqalardan ko'paytirish;
b) payvand qilib ko'paytirish (transplantatsiya).(bu usul affinitetga bevosita bog’liq)
Affinitet nima???
Payvandust bilan payvantagning botanik jixatdan yaqinligi.
Maxsus ajratilgan maydonlarda meva, rezavor-meva va sitruslar ko‘chati ko'paytiriladigan xo'jalik yoki uning bir qismi meva daraxtlari ko'chatzori deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |