O'zbekistonda ochiq yer uchun asosiy meva ekinlari ko'chatlarini yetishtirish xususiyatlari


Download 1.89 Mb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1335506
1   2   3
Bog'liq
МАВЗУ O\'zbekistonda ochiq yer uchun asosiy meva ekinlari ko\'chatlarini

Meva ko'chatzorining vazifasi – ko'chat yetishtirishning intensiv usullarini qo'llab va ishlab chiqarish jarayonla rida mexanizatsiyadan keng foydalanib, muayyan hudud uchun mahalliylashtirilgan tur va navga xos arzon va sifatli ko'chatlar yetishtirishdan iborat.


Meva ko'chatzorida quyidagi bo'lim va dalalar bo'ladi:
1. Ko'paytirish bo’limi
2. Shakl berish bo’limi.
3. Ekish uchun urug'lik tayyorlanadigan bo’lim payvandtag
urug'lik bog'ini o'z ichiga oladi,

1. KO'PAYTIRISH BO’LIMI. Bunga urug' ekiladigan bo'lim yoki urug' ko'chatzori va klon payvandtagli (vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladigan) ona ko'chatzori kiradi. Bu yerda ko'chatzorning navbatdagi yangi dalasini barpo qilish uchun urug' mevali daraxt turlarining kamdan-kam hollarda danak mevali o'simliklarining – olcha, gilos hamda antipkalar payvandtaglari o'stiriladi. Urug' ko'chatzorida kuchli o'sadigan payvandtaglar, olma, nok, behi urug'dan o'stiriladi va kuzga borib bir yillik urug' ko'chat olinadi. Ko'chatzorda maxsus almashlab ekish joriy qilinadi. Klon payvandtagli ona ko'chatzorda o'rtacha kuchli va kuchsiz payvandtaglar ko'paytiriladi. Bu yerda urug'li meva turlarining payvandtaglari va ko'chatzorlarning navbatdagi dalasini barpo etish uchun danak mevalilarning – olcha, gilos, antipkaning payvandtaglari yetishtiriladi. Urug' ko'chatlar ko'chatzorida olma, nok, behi urug'lari ekilib, ulardan kuzda kuchli o'sgan payvandtag sifatida foydalaniladigan bir yillik urug' ko'chatlar yetishtiriladi. Ko'chatzorda maxsus almashlab ekish dalasi bo'ladi.Klon payvandtaglar bog'ida o'rtacha va kuchsiz o'sgan paradizka, dusen va behi payvandtaglari ko'paytiriladi.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling