1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet20/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

1.3. Meva ekinlarining umumiy ta’rifi
Olma. Keng tarqalgan meva ekinlardan bo’lib, umumiy maydonning yarmidan ko’prog’ini olma tashkil qiladi. Olma mazali bo’lganligidan yangiligicha, qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi.
Olmadan konserva, povidlo, pastila, pyure, marmelad, murabbo, sharbat, vino, kompot, qoqi va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. O’zbekistonda yetishtiriladigan olmalar tarkibida o’rtacha 80,5-86,5 % suv; 9,6-14,8 % shakar; 0,31-0,91 % kislotalar; 0,27-0,48 % eruvchan pektin; 0,025-0,060 % yaqin oshlovchi moddalar; 0,10-0,45 % mineral tuzlar va bir qancha vitaminlar bor. Olmaning (qishda yangi uzilgan mevalar kam bo’lganda) vitaminlarga boy, yaxshi saqlanadigan qishki navlari ayniqsa qimmatlidir.
Olma katta daraxt bo’lib, baquvvat tanasining balandligi 12-20 metrga yetadi. Uning shox-shabbasi ham ancha keng yoyilgan. Hosilga kirish va mevasining pishish muddatlari navlar bo’yicha har xil bo’ladi. Pishish muddatiga qarab yozgi, kuzgi va qishki navlarga bo’linadi. Mevasining shakli, yirik-maydaligi, rangi va xushbo’yligi bir-biridan farq qiladi. Masalan, kuzgi-qishki navlaridan Renet Simirenko, Rozmarin beliy, Jon Red navlari tashishga chidamliligi, uzoq saqlanishi va serhosilligi bilan farqlanadi. Olma daraxti kuchli payvandtaglarda o’stirilganda o’rta hisobda 45-50 yil, ayrim tuplari esa 100 yil va undan ham uzoq yashaydi.
Olma (Malus Mill.) turkumining 50 ga yaqin turi bor. Ularning asosiylari: O’rmon olmasi, Sibir olmasi, Yumshoq olma, Yovvoyi (Sivers) olmasi, Turkman olmasi, Qizil olma, Olxo’ri bargli olma (kitayka), Kavkaz yoki Sharq olmasi, Pakana olma, Dusen, Paradizka (rayka) hisoblanadi.
Nok. Olmadan keyin eng ko’p tarqalgan meva ekini bo’lib, mevasining mazaligi bilan qadrlanadi. Nok mevalari yangiligicha iste’mol qilinadi, qoqi, konserva, sukat, povidlo, murabbo, sharbat, vino, bekmes (nok asali) tayyorlanadi. O’zbekistonda yetishtiriladigan nok tarkibida 10,8-12,7 % gacha shakar, 0,13-0,30 % kislotalar, 0,35 % ga yaqin pektin va 0,31 % kul bor. O’zbekistonning iqlim sharoiti nok uchun unchalik qulay emas, lekin shunga qaramasdan bizda qurg’oqchilikka, issiqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamli mahalliy navlari mavjud.
Nokning Yevropa navlari shox-shabbasi siyrak, ixcham, ko’pincha piramida shaklida, novdalari yuqoriga tik o’sgan bo’lib, yo’g’on shoxlarida hosil novdalari zich joylashgan, ularda barglar hamda hosil organlari juda ko’pligi bilan xarakterlanadi.
Nok ayrim mahalliy navlari bir tup daraxtdan 1000-1400 kilogrammgacha hosil berishi mumkin.
Nok olma kabi mo’tadil iqlim o’simligi bo’lsada, issiqlikni ko’p talab qiladi, sovuqqa kamroq chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi, 100-150 yil, ba’zan esa 200 yilgacha umr ko’radi. Bizning sharoitimizda 10 ga yaqin mahalliy navlari o’stiriladi. Nokning 60 ga yaqin yovvoyi turlari uchrab, shundan mevachilikda: Jaydari nok, Markaziy Osiyo noki, Turkman noki, Ussuri noki, Nashvati, Tol bargli nok va regel noki ahamiyatga ega.
Behi. Yangi uzilgan mevasi va qayta ishlanib iste’mol qilinadi. Behi tarkibida juda ko’p pektin, oshlovchi moddalar va tosh hujayralar bo’ladi. Mevasi tarkibida suv kam, dag’al bo’ladi. Uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. Behidan

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling