1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Changlovchi navlarni tanlash va joylashtirish


Download 292.88 Kb.
bet11/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Changlovchi navlarni tanlash va joylashtirish. Meva daraxtlarning ko’pchilik navlari o’z-o’zidan hosil bermaydi. Balki boshqa navlar bilan changlanishini talab qiladi. O’z-o’zidan changlanadigan navlar ham chetdan changlangan taqdirda mo’l va sifatli hosil bo’ladi. Gullarning to’la changlanishi uchun har 10-12 asosiy qatordan keyin bir-ikki qatorga bir-ikkita changlovchi nav o’tqaziladi.
Bog’da meva daraxtlarini joylashtirish usuli. Meva daraxtlarini bog’da joylashtirishda daraxtlarning o’sishi va hosil berishiga zarar yetkazmagan holda o’simliklarning oziqlanish maydonidan imkoni boricha to’laroq foydalanish ko’zda tutiladi. Tekislik zonasida meva daraxtlari uch usulda: kvadrat, to’g’ri burchakli to’rtburchak va shaxmat usulida joylashtiriladi.
Kvadrat usuli - bu usulda qatorlar orasi va qatordagi tuplar orasi teng bo’ladi.
To’g’ri burchakli to’rtburchak usuli - ba’zi afzalliklarga ega bo’lganligi sababli keyingi yillarda bog’ barpo qilishda tobora keng qo’llanilmoqda. Bu usulda qatorlar orasi qatorgi daraxtlar orasiga nisbatan bir muncha (1-2 m) kengroq qoldiriladi. Oqibatda 1 ga yerga kvadrat usulidagiga qaraganda ko’proq daraxt o’tqaziladi.
Daraxtlarni shaxmat usulida joylashtirish- bu usulda daraxtlar tomonlari bir xil bo’lgan uch burchakni burchaklariga joylashtiriladi, yonidagi qatorlarda daraxtlar oldingi qatordagi daraxtni ro’parasida emas, kvadrat va to’g’ri burchakli usul kabi, balki o’rtasida joylashadi. Bu usul ma’lum maydonga ko’chatlar soni ko’proq ketadi, faqat agrotexnik tadbirlarni mexanizasiyalash murakkablashadi va bu usul asosan qiyaliklarda, tog’ yon bag’irlarida qo’llaniladi.
Meva daraxtlarini o’tqazish qalinligi - meva daraxtlari shunday qalinlikda o’tqazilishi keraki, buning oqibatida daraxtlar mo’l hosil bersin, mevasi yuqori sifatli daraxtlar shamolga, garmselga bardosh beradigan va yerni ishlash, o’simliklarini parvarish qilishni mexanizasiyalashtirish mumkin bo’lsin. Meva daraxtlari o’tqazilgandan keyin dastlabki yillarda oziq maydonidan to’liq foydalanmaydi. Dastlabki yillarda bir-birlarini tashqi muhitning noqulay sharoitidan saqlashi uchun ularning qalin bo’lishi foydalidir. Qatorlardagi shox-shabbalar tutashib ketgunga qadar kuchli o’sadigan meva turlari oralariga sust o’sadigan, tez hosilga kiradigan va tez qarib qoladigan turlar o’tqaziladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling