1-topshiriq. Inson ko‘zi necha megapikseldan iborat?


Download 47.03 Kb.
bet1/3
Sana01.09.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1672017
  1   2   3
Bog'liq
Ilmiy uslub Topshiriq javobi


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar

1-topshiriq.

Inson ko‘zi necha megapikseldan iborat?



Ko‘pincha, “piksel” so‘zini yeshitishimiz bilan xayolga smartfon, raqamli kameralar, shuningdek, kundan-kunga rivojlanib borayotgan texnika kelishi tabiiy. Lekin bu moslamalar tuzilishi jihatidan ko‘proq nimaga o‘xshaydi? Ya’ni, bajaradigan vazifasi insonning ko‘ziga o‘xshashmi? U holda insonning ko‘zi necha piksel bo‘lishi mumkin? 
Dastlab, buning uchun piksel nima o‘zi, degan savolga javob berish kerak. Piksel – bu nuqta, ya’ni displeydagi nuqta. Aynan shu nuqtalar hisobiga rasmlar tashkil etiladi. Raqamli formatda tayyorlangan birgina kadr o‘z ichiga millionlab nuqtalarni olishi mumkin. Piksel atamasi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda, “picture’s element” – “rasm elementi”, degan ma’noni anglatadi. “Pixel” so‘zi keyinchalik “Pic’s Yel” qisqartmasidan kelib chiqqan, degan qarashlar ham mavjud. 
Ko‘z tuzilishi
Ko‘zning vazifasi tasvirni ongga yetkazishdir. U har biri juda muhim bo‘lgan ko‘plab tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ko‘z soqqasi va uni o‘rab turgan apparatdan, ya’ni ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi muskullar, qovoq, kipriklar, ko‘z yoshi bezlari va qon tomirlardan tashkil topgan.



Ko‘z – tashqi (oqsil parda-sklera, o‘rta tomirli parda, ichki-to‘r parda), ichki (ko‘z ichi suyuqligi, gavhar, shishasimon tana) qismlarga bo‘linadi. Sklera yoki oq pardaning bir qismi qovoqlar ostidan ko‘rinib turadi. Orqa qismidan esa teshikcha bo‘lib, undan asab tolalari o‘tadi. Sklera ham shox pardaga, ham oqsil pardaga chegaradosh. Shox pardada qon tomirlar bo‘lmaydi, lekin u “optika”ning eng zarur elementlaridan biridir. Shox parda hamda rangdor pardaning o‘rtasida kichkina bo‘shliq mavjud bo‘lib, bunga ko‘zning oldi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning o‘rtasidagi bo‘shliqqa orqa kamera deyiladi. Har bir ko‘ruv nervida bir millionga yaqin asab tolalari bor.
Rangdor pardada radial va halqa shaklidagi muskullar joylashgan bo‘lib, halqasimon muskullar qisqarganda ko‘z qorachig’i torayadi, radial muskullar qisqarganda esa qorachiq kengayadi. Ko‘z soqqasining ichki, ya’ni to‘rsimon pardasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning orqa qismida yorug’likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib, tayoqcha va kolbacha shaklidadir. Ko‘z soqqasining to‘rsimon pardasida 100 milliondan ortiq tayoqchasimon retseptorlar bo‘lib, ular yorug’lik kamayganda yoki tun vaqtida qo‘zg’aladi.



Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling