1-topshiriq. Inson ko‘zi necha megapikseldan iborat?


Download 47.03 Kb.
bet2/3
Sana01.09.2023
Hajmi47.03 Kb.
#1672017
1   2   3
Bog'liq
Ilmiy uslub Topshiriq javobi

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.

Reja:
1


2


3


2. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
3. Matndan terminlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.
2- topshiriq. “Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Uslub” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:
1-qator - tushuncha - ot
2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat
3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
Namuna:
1.Uslub
2.Ilmiy, sohaviy
3.Amalda qo’llanadi, ishlatiladi, foydalaniladi
4.Umumiy jarayonni anglatuvchi so‘z.
5.Stil


3- topshiriq. Gaplami o‘qing, ularni til va yozuv taraqqiyoti nuqtai nazaridan tartib bilan ko‘chiring.

1. VIII asrda O‘rta Osiyoda islom dini bilan birga arab yozuvi ham tarqaldi. O‘zbek xalqi bu yozuvdagi 28 harfga yana qo‘shimcha to‘rtta harf kiritib, o‘z tiliga moslashtirdi.


2. 1940- yil 8- mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan
kirill yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi qabul qilindi. Ushbu alifbo asosida «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» 1956- yil 4- aprelda tasdiqlangan edi.
3. 1993- yil 2- sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g’risida» Qonun qabul qilinishi mustaqil Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiqlandi.
4. O‘zbek yozuvi dastlab 1929- yilda lotin grafikasiga asoslangan alifboga ko‘chirilgan edi.
5. Turkiy xalqlarning ko‘plab bebaho yodgorliklari qadimgi turk va uyg’ur yozuvlarida bitilgan. O‘rxun-Enasoy yozuvi harf (tovush) yozuvining ancha mukammal shakli bo‘lib, har bir tovush uchun maxsus shakl qo‘llangan.
6. O‘rta Osiyo xalqlari eng qadimdan o‘z yozuv madaniyatlariga ega bo‘lganlar, harf (tovush) yozuvining eng qadimgi shakllari hisoblangan so‘g‘d va Xorazm yozuvlaridan foydalanganlar. Bu yozuvlar oromiy alifbosi asosida yuzaga kelgan.

Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling