1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet82/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Butalarni yoshartirish. Bir necha yil davomida qirqilmay qolib ketgan qari va quyuqlashgan butalar kam va mayda meva tugadi. Bunday butalarni yoshartirish kerak. Buning uchun barcha qari shoxlar kesilib, faqat bir va ikki yillik baquvvat novdalar qoldiriladi. O’z vaqtida sug’orish va yerga ishlov berish, go’ng hamda mineral o’g’itlar solishning butun yoz bo’yi ko’ngildagidek o’tishi natijasida butalarda yana bir yillik baquvvat novdalar hosil bo’ladi.
Butalarni yoshartirish uchun kuzda tup atrofidagi tuproq yaxshilab chopiq qilinadi, ildizpoyasi atrofidagi begona o’tlar terib olingach, mineral yoki mahalliy o’g’itlar solinadi. Bahorgi yumshatish va sug’orishdan so’ng mulchalanadi, 15 santimetrdan kalta hamda ortiqcha bir yillik novdalarni kesib tashlash rasional va istiqbolli hisoblanadi. Yoz vaqtida ildizdan chiqqan bir yillik novdalar kesilganda ularda gulkurtak hosil bo’lish qobiliyati oshadi, bu esa o’z navbatida hosildorlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda va chet ellarda qora smorodinaga shakl berishni tubdan o’zgartirish borasida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu ishda asosiy e’tibor-faqat optimal yoshdagi shox va novdalar hosil qilishga qaratiladi.
Shakl berishda butaning yer ustki qismini kesib tashlash-bu agrotexnika tadbiri hisoblanadi. Bir daladagi smorodinalar olti yoshga yetgach, har yili hosil yig’im-terimidan so’ng tuproqqa: teng qilib o’rib tashlanadi.
Mevalari terib olingach, o’rib olingan shoxlar yoqib yuboriladi, tuproqqa yaxshilab ishlov beriladi, mahalliy va mineral o’g’itlar solinadi. Keyingi yil smorodina yaxshi o’sadi, naviga qarab ikkinchi va uchinchi yili bu plantasiyalar hosilga kiradi.
Mazkur tadbir keyingi yili boshqa dalada o’tkaziladi, natijada smorodina maydonlari yil sayin yoshartirilib boriladi. Bunday maydonlarda hosildorlik kontrol (ya’ni kesilmagan) uchastkalardagiga qaraganda 30-40 prosent, ortiq bo’ladi, o’rib olingan maydonlarda o’sib chiqqan shox va novdalarining faqat kasallangan va singanlari kesiladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling