Referat mavzu: Oybek hayoti va ijodi


Download 68.62 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi68.62 Kb.
#1633893
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT Oybek




REFERAT


Mavzu:Oybek hayoti va ijodi.
(1905-1968)



Tayyorladi:Sharipov Aziz


Tekshirdi:Hasanova Yulduz
Oybek hayoti va ijodi.(1905-1968)
Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkentning Govkush mahallasida tug’ildi. Ota-onasi uni juda yoshligidan eski maktabga o’qishga berishgan. Oybek adabiyotda muhabbat ko’rkam so’zga mehri baland onasi Shahodatbonu tufayli paydo bo’ldi. Muso o’n to’rt yoshga to’lganda “Namuna” nomli boshlang’ich maktabda o’qishni davom ettiradi. O’n olti yoshga yetganda, Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumiga o’qishga kirdi.Texnikumdagi o’qish unda mumtoz adabiyotga muhabbat uyg’otishdan tashqari,rus adabiyotiga yaqinlashtirdi.
Oybek o’z xotiralarida: “Xayol daryosi keng edi menda.O’qtin-o’qtin o’zimcha mashq qilib,bitta-yarimta she’r yozib ham qo’yardim.Xotiramda bor, ilk she’rim texnikumning “Tong yulduzi” nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o’zim mas’ul muharrir bo’ldim.Sekin-sekin Respublika gazetalarida she’rlarim bosila boshladi”,- deb yozadi. Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.
Shu texnikum talabasi, Oybekning bo’lajak umr yo’ldoshi Zarifa Saidnosirova o’z xotiralarida shunday yozadi: “Oybek oriq va novcha yigit bo’lib,qo’ng’ir …qalin sochlari do’ppisidan toshib turardi.Yirik qora ko’zlari shogirdlik davridayoq teran ma’noli va xayolchan edi…Oybek “Tong yulduzi” devoriy gazetamizning muharriri edi.U ba’zan yo’limni to’sar,gazetaga biror narsa yozib berishim yoki rasm solishimni so’rar edi .U bir kuni she’rga liq to’la,qalingina,sariq muqovali daftarni qo’limga tutqazdi-da,she’rlarning boshi va oxiriga kichik-kichik rasmlar chizib berishimni so’radi.Yo’q deya olmadim va eng nozik mo’yqalam va akvarel bo’yoqlar ila rasmlar chizdim..”
1925-yilda texnikumni tugatgan Oybek O’rta Osiyo davlat universisteti (hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti) ga o’qishga kirdi.1927-yilda o’qishini Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomli xalqxo’jaligi instittutiga ko’chirdi.Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o’tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta’sir ko’rsatdi va u 1630-yilda o’zi o’qigan universitetga qaytib keldi.
Adabiyotga Cho’lpon hamda rus simvolistlarining ta’sirida shoir sifatida kirib kelgan Oybek tez orada o’ziga xos ovozga ega ijodkor ekanligini ko’rsatdi.30-yillarda u “Dilbar davr qizi”,”O’ch”,”Baxtigul va Sog’indiq”,”Navoiy” singari o’nga yaqun doston yaratdi.Hikoyachilikda ham o’zini sinab ko’rdi.
1937-yilgi qatag’on shamoli Oybekni ham chetlab o’tmadi.U Til va adabiyot institutidagi ishdan haydaldi.Yozuvhcilar uyushmasi safidan chiqarildi.Matbuot eshiklari yopildi.Lekin shoir umidsizlikka tushmay,butun kuchini ijodga bag’ishladi.Tinmay yozdi.Eng mashhur asari “ Qutlug’ qon” romani hayoti xavf ostida turgan tahlikali davrda yozildi.
Oybek ikkinchi jahon urushi yillarida ham samarali ijod qildi.Shu yillarda adibning mashhur “Navoiy” romani hamda milliy ozodlik yo’lidagi kurash aks etgan “Mahmud Torobiy” tarixiy dramasi yozilgan.1943-yilda tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi sifatida Oybek va G’afur G’ulom qabul qilingan.Oybek o’sha yillardan to 1951-yilga qadar akademiyaning gumanitar bo’limi boshlig’i lavozimida ishladi.
Ikkinchi jahon urushi tugagach,Oybek O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi qilib ham saylandi va 1949-yilgacha shu lavozimda mehnat qildi.Adib “Oltin vodiydan shabadalar” romanini yozdi.Oybek 1951-yilda og’ir xastalikka chalindi.Gapirolmay qolgani,harakatlari cheklangani,xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keying yillarida “Quyosh qoraymas”,”Ulug’ yo’l” romanlari, “Nur qidirib”,”Bolalik”,”Bola Alisher” qissalarini yaratdi.Talaygina she’r va dostonlar bitdi.
Mashhur ximik olima, Oybekning umr yo’ldoshi professor Zarifa Saidnosirova shunday yozadi:”1968-yilning 1-iyulida, oltmish uch Yoshida Oybek vafot etdi.Men hayotimning birdan bir ma’nosi bo’lgan ulug’ insondan juda bo’ldim.Men hozir Oybekning o’limi oldi kunlarini yozishga qanchalik shaylamay,qo’lim qaltirab,nafasim tiqilib qolmoqda…
Download 68.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling