Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (1- qism) terabayt uz


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1124792
  1   2   3
Bog'liq
Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 1 @kompyuter akademiyasi (2)



1/6
Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (1-
qism)
terabayt.uz/uz/post/klaviaturaga-qaramay-matn-terishni-organamiz-1-qism
Klaviaturaga qaramasdan matn tera olish qobiliyati kompyuterda ishlash
samaradorligingizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Kompyuter bilan uncha
ko‘p ishlamagan bo‘lsangiz, klaviaturaga qaramasdan yozishni o‘rganish
avvaliga biroz murakkab bo‘lishi mumkin, ammo yetarlicha shug‘ullanish
bilan bu qobiliyatni ham o‘rganib olish mumkin. Avvalo, eng oddiy jihatlarga
e’tibor qarating, keyin esa astalik bilan tez yozishni boshlaysiz.
Quyida klaviaturaga qaramay lotin yozuvida matn terish haqida suhbatlashamiz. Ushbu
maqolamiz hajman anchayin katta bo‘lgani uni uch qismga bo‘lib taqdim etamiz. Hozirgi
birinchi qismni shartli ravishda klaviatura bilan yaqindan tanishish, deb nomlashimiz
mumkin.


2/6
1. Qaddingizni rostlab o‘tiring. Tirsagingiz 90 daraja burchak ostida bukilgan bo‘lsin.
Klavituraga qaramasdan matn terishni o‘rganishda mushaklar xotirasi kerak bo‘ladi,
ammo qaddingizni to‘g‘ri tutishning ahamiyatini ham unutmaslik kerak. Belingizni suyab
o‘tirsangiz bo‘ladigan qulay stul toping. Tirsaklaringizni kerakli burchak ostida buking,
barmoqlaringizni klaviatura ustiga qayrilgan holda joylashtiring. Boshingiz kompyuter
monitoridan bir qo‘l uzunligida bo‘lsin. Tirsak va barmoqlar joylashuviga ham e’tibor
qaratishni yodda saqlang.
• Agar qaddingizni to‘g‘ri tutmasangiz, matn terishda qiynalasiz.
• Qo‘l uchun yostiqchadan foydalanish ham ish berishi mumkin.
2. Barmoqlaringizni «uy qator» klavishlari, ya’ni ASDF hamda JKL ustiga
joylashtiring. «Uy qator» klavishlari klaviaturaga qaramay matn terayotganda katta
ahamiyat kasb etadi. Ushbu klavishlar joylashuvidan foydalanib, barmoqlaringizni
klaviatura bo‘ylab to‘g‘ri harakatlantira olasiz.


3/6
• Klavituraga qaramasdan matn terayotganda «uy qator»ni «F» va «J» klavishlaridagi
kichik bo‘rtma orqali, barmog‘ingizni paypaslash bilan aniqlashingiz mumkin.
• Chap qo‘lingiz chimchalog‘ini «A» harfi ustiga, nomsiz barmoqni «S» harfi ustiga, o‘rta
barmoqni «D» harfiga va ko‘rsatkich barmog‘ingizni «F» harfi ustiga qo‘ying.
• O‘ng qo‘lingiz chimchaloq barmog‘ini esa nuqtali vergul ustiga, nomsiz barmog‘ingizni
«L» harfi ustiga, o‘rta barmog‘ingizni «K» harfiga, ko‘rstakich barmog‘ingizni esa «J»
harfi ustiga qo‘ying.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling