1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Smorodina hosilini yig’ib-terib olish


Download 292.88 Kb.
bet83/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Smorodina hosilini yig’ib-terib olish. Meva terimi - maydondagi eng qiziqarli va mas’uliyatli ish. Smorodinaning nozik mevalarini o’z vaqtida va sifatli nobud qilmay terib olish kerak. Terib olingan mevalarga to’g’ri tushadigan quyosh nuridan saqlash lozim.
Bog’larda rezavor mevalar hosilini oldindan bilish katta ahamiyatga ega. Chunki bu bog’larda ishchi kuchiga bo’lgan talabni aniqlashga, hosilni terib olishda ishlatiladigan chelak, savat, yaщik, transport vositalarini, meva saqlanadigan muzxonalar va shunga o’xshash asbob-uskunalarni oldindan tayyorlab qo’yishga imkon beradi.
Terilgan mevalar saralanadigan joylarga avtomashina va priseplarda tashiladi. Mevalar tagiga qog’oz, qipiq yoki mayin o’t solingan savat yoki yashiklarda tashiladi.
Yangi uzib keltirilgan mevalarning yetilishi mobaynida nafas olish tezlashadi. Bu davr klimakterik davri deb yuritiladi. Klimakterik davrdan keyin yetilish davri tugaydi va keyingi davr – mevalarning qarish yoki pishib o’tish davri boshlanadi.
Smorodinaning mevalari iyun oyida pishadi, ularni shingil-shingil qilib teriladi. Shingillarda mevalar uzoq saqlanadi va yaxshi tashiladi. Qora smorodina ko’pchilik navlarning mevasi shingillarda bo’sh turadi va pishishi bilan tez to’kilib ketadi. Shu sababli smorodina mevalarini o’z vaqtida terib olish lozim. Smorodinani uzoq joylarga jo’natiladigan bo’lsa shingildagi birinchi meva pishgandayoq terishga kirishiladi.
Smorodinaning hosildorligi gektaridan 6-8 tonna, yaxshi va muntazam ravishda parvarish qilinib turilganda esa 11 tonnagacha yetadi.
O’zbekiston tog’oldi rayonlarida smorodina hosili iyun oyida yetiladi. Oltinsimon smorodina ba’zi navlarining mevalari bir vaqtda pishmaydi, qora smorodina mevalari pishmasdanoq to’kilib ketadi. Shuning uchun ularni ikki-uch marta terib olish lozim. Smorodina ba’zi navlarining mevalari to’kilmaydi, ularni to’la pishib yetilganda bir martada yig’ishtirib olish mumkin. Oltinsimon va qizil smorodina mevalarining bandi mustahkam bo’ladi. Ba’zan shoshib uzib olayotganda uning po’sti shikastlanishi mumkin, bunda mevadan sharbat oqib, tovar sifatini yo’qotadi. Shuning uchun mevalarni bandi bilan terib olgan ma’qul. Smorodina mevalarining pishishi shoxlarning, novdaning yoshiga, meva band (shingil)lariniki novdada joylashishiga va bu davrdagi haroratga bog’liq. Qari va soyada o’sgan shoxlardagi mevalarga qaraganda yorug’lik barcha shoxlariga birday tushadigan yosh novda va butalardagi hosil bir tekisda pishib yetiladi. Quyosh nuri tushib turadigan yerdagi mevalarni terib olish kechiksa, ular qurib, burishib qoladi va sharbati kamayadi. Oltinsimon smorodinaning soya joydagi mevasi buzilmasdan kech kuzgacha saqlanib turaveradi. Tomorqa uchastkalaridagi smorodina tupida ancha vaqt-avgust va sentyabrgacha yangi pishib yetilgan rezavor mevani saqlash mumkin. O’zbekistonda, Qozog’istonning Jambul va Chimkent oblastlarida, Qirg’izistonning cho’l va qurg’oqchil zonalarida oltinsimon smorodinaning qurg’oqchilikka bardoshli ko’pgina navlari rayonlashtirilgan.


Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling