1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Sabzavot ekinlar urug’ining morfologik xususiyatlari


Download 292.88 Kb.
bet87/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Sabzavot ekinlar urug’ining morfologik xususiyatlari. Sabzavot ekinlari urug’ining yirikligi shakli, yuzasi va morfologik belgilari har xil bo’ladi. Ko’pgina sabzavot ekinlari urug’ini bir-biridan oson ajratish mumkin. Biroq bir oilaga mansub o’simliklarning, masalan, karamdoshlar, piyozdoshlarning urug’ini morfologik belgilariga qarab bir-biridan ajratish juda qiyin, hatto mumkin emas. Shunga ko’ra ularni aniqlash uchun boshqa usullardan foydalaniladi. Masalan, kartoshkaning har xil turlarining urug’i morfologik - anatomik belgilariga qarab, sholg’om va rediska urug’i anatomiya va kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. Anatomiya usuli urug’ po’stining har xil tuzilishiga asoslangan. Kimyoviy usul yordamida aniqlashda urug’lar o’yuvchi natriyning 10% li eritmasiga 2 soat davomida solib qo’yiladi. Natijada eritma shu o’simlik turi uchun xos bo’lgan rangga kiradi. Urug’larning yirik-maydaligi, shakli yuzasi, rangi va alohida hosilalari bo’lishi ular­ning muhim morfologik bel­gisi hisoblanadi.
V.I.Edelshteyn sabzavot ekinlari urug’ining yirikligiga yoki 1 grammdagi soniga ko’ra ularni quyidagi guruhlarga bo’ladi:

  1. Juda yirik urug’: 1 g da 1 - 10 dona - dukkaklar, loviya, go­rox, qovoq, makkajo’xori, tarvuzda;

  2. Yirik urug’: a) 1 g da 10 - 60 dona - artishok, tarvuz, qovun, bod­ring, lavlagi, sparjada; b) 1 g da 60 - 100 dona - rovoch, is­maloq, redi­ska, sholg’om;

  3. O’rta yirik urug’: 1g da 150 - 350 dona - qalampir, ka­ram, piyoz, po­midor, boyimjon, pasternak, bryukva, turpda;

  4. Mayda urug’: 1 g da 600 - 900 dona - turp, sabzi, pet­rushka, shivit, sachratqida;

  5. Juda mayda urug’: 1 g da 1000 - 2000 dona - shovul, sel­de­rey, kar­toshka, salat, estragonda (5000 - 6000).

K.P.Lange sabzavot ekinlari urug’ini yirikligiga ko’ra: juda mayda – 2 mm gacha, mayda - 2,5 mm, o’rtacha yirik - 5-8 mm, dan yirik bo’lganlarga ajratadi.
Urug’larning yirikligi va solishtirma og’irligi doimiy emas. Ular ona o’simlikda, joylashishiga va o’stirish sharoitiga (iqlim, tu­proq, agrotexnika va boshqalarga qarab) keskin o’zgaradi. Urug’larning yirik bo’lishi murtakning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan zahira oziq moddalar miqdorini bildiradi. Mayda urug’lardan nimjon, ancha ko’p parvarish qilishni talab eta­digan maysalar chiqadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling