1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet75/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Hosilni yig’ish. Malina ikkinchi yili hosil bera boshlaydi, uchinchi-to’rtinchi yillari yalpi hosilga kiradi. Malina mevasi nihoyatda nozik bo’lganidan bandi bilan uziladi, uning o’ta pishib ketishga yo’l qo’ymaslik kerak. Terilgan kuni sotuvga chiqarilishi shart. Qayta ishlashga mo’ljallangan malinani bandi bilan termasa ham bo’ladi. Malina mevasi Toshkent viloyati sharoitida iyunning birinchi o’n kunligida pisha boshlaydi, yig’ib olish. iyulning ikkinchi o’n kunligida tugaydi. Pishganining dastlabki kunlarida mevasi kun oralatib, oxirida esa har 3-4 kundan so’ng 1,5-2 kg meva sig’adigan idishga teriladi. Malinani ertalab yoki kunning ikkinchi yarmida, harorat pasaygandan so’ng terib olish kerak.
Smorodina biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
O’zbekistonda smorodinaning qora, oltinsimon, qizil, oq va pensilvan kabi turlari keng tarqalgan.
Smorodina yoki Qorag’at-Qorag’atdoshlar (Grossulariaceae) oilasining Ribes turkumiga mansub. Qora va qizil smorodina novdadagi kurtaklarning joylashishi, po’stlog’ining rangi hamda mevasining xushbo’y xidli yoki hidsiz bo’lishi bilan farqlanadi. Qora smorodinaning bir yillik novdalarining po’stlog’i sariq rangli bo’lib, uzun-uzun kulrang chizig’i bor, o’sa borgan sari po’stlog’i jigarrang tusga kiradi. Butun novdalaridan sepkilsimon dog’lar ko’zga tashlanadi. Kurtagi, yaproqlari, po’stlog’i va mevasi o’ziga xos hidga ega. Qizil smorodinaning hidi yo’q, barcha novdalari sekin rivojlanishi bilan qora smorodinadan oson ajratish mumkin. Qora smorodinaning gulkurtaklari aralash, qizilniki esa oddiy bo’ladi. Qora smorodinaning har bir gulkurtaklaridan bir vaqtning o’zida ham vegetativ, ham meva organlari rivojlanadi, qizil smorodinaning bitta kurtagidan barg va novda, boshqa kurtagidan esa faqat gul chiqadi. Oltinsimon smorodina qizil va qora smorodinaga nisbatan kuchli o’sishi bilan keskin farq qiladi. Baland shoxlab o’sadi. Barglari krijovnikiga o’xshash, hidsiz, gullari esa to’q sariq, o’tkir hidli. Mevasi o’ziga xos xushbo’y.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling