1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


AQShda qulupnay yetishtirish va hosilni terish texnologiyasining xususiyatlari


Download 292.88 Kb.
bet71/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

AQShda qulupnay yetishtirish va hosilni terish texnologiyasining xususiyatlari
Qulupnay mevasi bahorda bozorlarga tarqatiladigan va o’sha paytning o’zida ko’p talab qilinadigan yangi chiqqan mevalardan biri hisoblanadi. Har bir akr yerdan ko’p o’sadigan hamda ko’p yuqori hosil beradigan o’simlik hisoblanadi. Qulupnay umumhalq meva hisoblanadi. AQSh larda 2 ta hududlarda: 1. Tinch okeani sohilidagi shtatlarda; 2. Florida hamda Qo’shma Shtatlarning sharqiy qismidagi maydonlarda o’sadi. Qo’shma Shtatlarda o’sadigan qulupnayning deyarli 65 foizi Tinch okeani sohilida yetishtiriladi. Bu ikkita maydonda o’sadigan mevalar o’rtasida ayrim farqlar mavjud.
Tinch okeani sohillaridagi hududlar. Kaliforniyada qulupnay mevasi tepaliklar tizimida o’stiriladi. Ochiq dalalarda yetishtirilgan mevalar yozgacha sovuq omborlarda saqlanadi. Ular asosan ochiq maydonlarda bir yoki ikki qator qilib ekiladi. Birinchi yilgi mahsulotlar mevasi yirik bo’lganligi sababli og’ir bo’ladi. Yozgi ekinlar tuproqlarda tuz akkumilyasiyasini saqlash uchun minimal me’yorlarda sug’oriladi. Ekinzorlar toza polietilen plyonkalar bilan mulchalanadi.
Markaziy sohil. Bu maydonlarni Santa Kruz, Montiriy va Santa Klara davlatlari tashkil etadi. O’simliklar erta avgustda yetishtiriladi va iliq qish sababli birinchi yildan keyin mo’ylov hosil qilmaydi. Hosil berish muddati aprel oyidan noyabr oyigacha davom etadi.
Markaziy vodiylar (Fresno atroflari). Bu yerda qish oylari qattiq sovuq yozda esa o’rtacha haroratdan issiqroq havoni tashkil etadi. Hosil berish muddati aprel, may va iyun oyining birinchi o’n kunligi hisoblanadi. Meva ko’chatlari dalalarga iyul oyining o’rtalarida ekiladi.
Santa Mariya. Bu maydon Santa Barbara va San Luyis Obispo mamlakatlarini o’z ichiga oladi. Qulupnay hosilini pishib yetilishi aprelda boshlanib kuzgacha davom etadi. Meva ko’chatlari dalaga qish hamda yoz oylarida ham ekiladi.
Janubiy Kaliforniya. Bu maydon Ventura mamlakatining Oksnard sohilidagi tekisliklarni va Los Anjelas, Orenj hamda San Diyegon davlatlari sohilidagi hududlarni o’z ichiga oladi. Ushbu hududlarda qulupnay faqatgina bir yil davomida hosil beradi. Meva ko’chatlari ochiq dalaga qish hamda yoz oylarida ekiladi.
Oregon. Bu yerda shimoliy Uillamet vodiysi Qo’shma Shtatlarning qulupnay o’stiriladigan yagona maydoni bo’lib hisoblanadi. Hosil may oyidan iyul oyining boshlarigacha bo’ladi.
Vashington. Vashingtonning asosiy qulupnay yetqaziladigan hududi Puget Sound maydonidir. Hosil iyun oyining boshidan boshlab iyul oyining o’rtalarigacha davom etadi. Sotuvga chiqariladigan qulupnaylar janubiy g’arbiy Vashingtonda yetishtiriladi. Tinch okeani sohili shtatlarida o’sadigan qulupnaylar bahor va iyul oyigacha yetishtiriladigan turga kiradi. Bu turdagi mevalar kechki yozda gulli kurtaklar hosil qiladi va hosil bo’lgan gullar hamda mevalar kuzgacha turadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling