1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet67/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Sug’orish. Qulupnay nisbatan nozik ekin, biroq u oziq moddalarga boy, havo o’tkazuvchan tuproqlarda yaxshi rivojlanib, yuqori hosil beradi. O’zbekiston sharoitida qulupnay yetishtirishning eng asosiy sharti - ekinni suv bilan ta’minlashdir.
O’zbekistonning vodiy qismidagi tez-tez yog’ib turadigan yog’ingarchiliklar ham ekin o’suv davridagi namga bo’lgan talabni qondirolmaydi. Shuning uchun sug’orish agrotexnika kompleksining ajralmas qismi hisoblanadi. Sug’orishdan maqsad tuproq tarkibidagi mavjud suv bilan uning suvga bo’lgan talabi orasidagi farqni to’ldirishdir. Zarur suv miqdorini va sug’orish sonini aniqlashda yirik mevali bog’ qulupnayining biologik xususiyati, tuproq xarakteri, yog’in-sochin miqdori, ekin qalinligi, nav va uning shakllanish sharoitlari hisobga olinadi.
O’simliklarning suvga bo’lgan talabi bargining holatiga qarab aniqlanadi. Tuproqning normal namligi - tuproq nam sig’imiga nisbatan 15-20% ni tashkil etishi lozim.
O’simlik o’suv davridan tinim davriga o’tayotganda namlik kamaytiriladi, bu to’qimalarni tezroq yetiltirish uchun qilinadi. Tuproq namligi ildiz tizimi joylashgan qatlamda (30-40 sm) aniqlanadi. Tuproq namunasi belkurak bilan kavlab yoki qo’l bilan olinadi.
O’zbekiston rezavorchiligi tajribasida, qulupnay o’suv davri mobaynida 13-24 marta sug’oriladi, bunda har bir sug’orishda gektariga 300 dan 800 m3 gacha suv sarflanadi. Farg’ona vodiysining shag’alli yerlarida tez-tez, kam normada sug’oriladi, shunga o’xshash respublika janubidagi (Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo oblastlari) oblastlarda ham hosil terish davrida suv beriladi. Respublika shimolidagi og’ir tuproqli yerlarda, Toshkent oblasti, Qoraqalpog’istonda siyrak, lekin qondirib sug’oriladi.
Qor bo’lmagan ayrim qish oylarida va bahor quruq kelganida qo’shimcha ravishda qishki va erta ko’klamgi suv beriladi. O’suv davrida hammasi bo’lib 13-15 marta sug’orish kerak: birinchisi - meva tuga boshlaganda (aprelning ikkinchi o’n kunligida); mevasi pishganda (may, iyun) besh olti marta; gulkurtak va novda chiqarganda to’rt-besh marta, o’simlikni qishga tayyorlash davrida, kuzgi yog’ingarchilik bo’lmasa - uch marta suv beriladi (bu sentyabr, oktyabr oylariga to’g’ri keladi). Komsomolka navi mevasi yig’ib olingan vaqtida sug’orilmasa, bargini to’kib yuboradi, agar suvga o’z vaqtida to’ydirilsa, yana tiklanib oladi.
Yozdagi issiq harorat va suvning kechikib berilishi o’simlikning o’sishi hamda meva tugishiga salbiy ta’sir etadi, ya’ni mevalari mayda bo’lib, hosil cho’g’iga putur yetadi. Mevasi yetilayotgan davrda uni terishni osonlashtirish uchun pushtaga bir egat oralatib suv beriladi. Sug’orilgach, ikki-uch kunda qator orasi yumshatiladi, tuproqning qurib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Aks holda quruq kesaklar ildiz sistemasini shikastlantirishi mumkin.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling