1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet63/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Yer tanlash. Qulupnayning yaxshi o’sib, meva tugishi uchun zarur bo’lgan sharoitlardan biri yaxshi plantasiya barpo qilishdir. Plantasiya - qulupnayzorni yorug’lik yaxshi tushadigan, shamoldan pana, suv bilan yaxshi ta’minlangan yerda barpo qilish zarur. Mazkur ekin uchun nisbatan tekis yoki bir oz nishabroq, sizot suvlari yer yuzidan bir metr chuqurlikda joylashgan uchastkalar tanlanadi.
Ertagi mahsulot yetishtirish uchun janub tomonga nishab, kechkiroqlari uchun esa - shimol tomonga nishabroq uchastka ajratiladi. Shuni esda tutish muhimki, janubiy qiyalikdagi ekinga bahorgi sovuqlar xavf soladi, yozda o’z vaqtida sug’orilmaganda qulupnay barglarini oftob urib ketadi. Qulupnay uchun eng yaxshi nishablik - janubi-g’arbiy va shimoli-g’arbiy qiyalik bo’lib, bunda tuproq tez qurib ketmaydi.
Qulupnayni daraxtlar ekilmagan yerga yoki yosh nihollar oralig’iga joylashtirish mumkin. Ekinlar zichlashtirib ekilganda qo’shimcha o’g’it solishni unutmaslik kerak. Qulupnay yoniga sarimsoq eksa bo’ladi.
Yerni ekishga tayyorlash. Qulupnay ko’p yillik o’tsimon o’simlik bo’lib, bitta uchastkada 3 yildai 10 yilgacha o’saveradi. Bu yillar ichida tez-tez sug’orish natijasida yerni o’t bosadi, tuproq zichlashib ketadi, kasallikka chalinadi, zararkunandalar tushadi. Shuning uchun qulupnay yetishtiriladigan yerni yumshoq, g’ovak, oziq moddalarga boy hamda g’umay, ajriq kabi ildizi kuchli o’sadigan begona o’tlardan toza holda saqlash kerak.
Qulupnay uchun eng yaxshi o’tmishdosh ekinlar - ertagi sabzavotlar, ko’p yillik o’tlar bo’lib, ularning ildizlaridagi tugunak bakteriyalar tup-roqni azot bilan boyitadi. Faqat tuproq nematodasi bilan zararlanmagan bo’lishi kerak. Ildizida tugunak bakteriya saqlovchi ekinlar tomiri qisman yerga chuqur o’sib, u yerdagi fosfor va kaliy tuzlarini o’zlashtirib oladi, ularni yuzaroq qatlamga olib chiqadi hamda tuproqni g’ovak hamda yumshoq qilib qo’yadi, xuddi shu qatlamda joylashgan qulupnayning asosiy ildizlari bundan foydalanadi.
Ertagi sabzavot ekinlari yig’ib-terib olingach, dalani ekin qoldiqlari va begona o’tlardan tozalanadi, sug’oriladi, o’g’itlanadi. Tuproq unumdorligiga qarab har gektarga 20-50 tonnagacha go’ng, 60-100 kg superfosfat bilan aralashtirilib solinadi, bo’z va o’tloq tuproqlarda 30-40 sm, shag’alli tuproqlarda esa 25 sm chuqurlikka ko’miladi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling