Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari


Download 70.49 Kb.
bet1/6
Sana15.03.2023
Hajmi70.49 Kb.
#1271957
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu tuproq suv-havo xossalari




TUPROQ FIZIK-MEXANIK VA TEXNOLOGIK XOSSALARI
Tuproq zichlik, hajm birligidagi massasi, g’ovaklik (teshiklik) va boshqa ayrim fizik xossalarga ega. Bu umumiy fizik xossalari tuproq hosil bo’lishida va tuproqning asosiy sifat ko’rsatkichi bo’lgan unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu xossalarni o’rganish sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida ayniqsa muhimdir. Chunki sug’orish natijasida hamda traktor va qishloq xo’jalik mashinalarining daladan qayta-qayta o’tishi oqibatida tuproq mexanik jihatdan zichlashib, uning xossalari juda o’zgaruvchan bo’lib qoladi.
Tuproqning fizik xossalarini aniqlash ayniqsa qurilish ishlari uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu bilan injenerlik geologiyasi va boshqa bir qator sohalar shug’ullanadi.
Tuproqning sifati ko’pincha uning fizik xossalariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun tuproqning fizik xossalarini o’rganish muayyan tuproqni baholashda alohida ahamiyat kasb etadi. Tuproqni ishlash sistemasini belgilashda, meliorativ tadbirlar o’tkazishda va boshqa qishloq xo’jalik maqsadlarida tuproqning fizik xossalarini albatta nazarda tutish lozim.
Tuproqning mexanik tarkibi.
Tuproqning mexanik (granulometrik) tarkibi deganda quruq tuproqqa nisbatan prosentlarda ifodalangan tuproqdagi mexanik elementlar quruq zarrachalar tushuniladi.
Mexanik analiz deganda barcha tuproq agregatlarini elementar tuproq zarrachalariga yoki quruq tuproq massasiga nisbatan prosentlarda ifodalangan tuproq elementlarini maksimal ajratishga erishish uchun imkon beradigan usullar sistemasi tushuniladi.
Tuproqning mexanik elementi deganda (N.A.Kachinskiy ta’rifi bilan aytganda) mineral jismlarning alohida bo’laklari (siniqlari), shuningdek, amorf birikmalari tushunilib, bu xildagi birikmalarning hamma elementlari ximiyaviy birikkan bo’ladi.
Tuproqning mexanik tarkibini aniqlashga kirishishdan oldin uni u yoki boshqa yo’l bilan analizga tayyorlash, ya’ni barcha mikroagregatlarni unga turli xil ta’sir ko’rsatib tuproqning elementar zarrachalariga maydalash kerak bo’ladi.

Download 70.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling