Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari
Tuproqlarni mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyasi (N.A.Kachinskiy ma’lumoti)
Download 70.49 Kb.
|
5-mavzu tuproq suv-havo xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq tarkibidagi fizik miqdori (0.01 mm dan mayda zarrachalar), % Tuproq tarkibidagi fizik qumning miqdori (0.01 mm dan yirik zarrachalar), %
- Tuproqlarning mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyasi (V.V.Oxotin ma’lumoti)
- Chang zarrachalari, 0.005-0.25 mm Qum zarrachalari, 0.25-2.0 mm
- Tuproqlarning toshliligi bo’yicha klassifikasiyasi (N.A.Kachinskiy ma’lumoti)
- Tuproqni mexanik analizga tayyorlash.
- Tuproq namunalarini mexanik analizga tayyorlash metodlari
Tuproqlarni mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyasi (N.A.Kachinskiy ma’lumoti)
Masalan, qumoq sho’rtob tuproqlar soz zarrachalari kam saqlanishi tufayli soz bo’ladi. B.B.Oxotinning 3-jadvalda keltirilgan tuproqlar klassifikasiyasi yo’l qurilishi va boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan. Bu klassifikasiyada mexanik elementlar <0.005;0.005-0.25 va 0.25-2 mm nisbatida tuzilgan bo’lib, u yo’l tuproqshunosligi uchun qulay, lekin agronomik maqsadlarda foydalanish uchun yaramaydi, chunki unda lyossimon chang (0.05-0.01 mm) yo’qolib ketadi. 3-jadval Tuproqlarning mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyasi (V.V.Oxotin ma’lumoti)
Chet el tuproqlarni mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyalashda A.Atterberg va xalqaro klassifikasiyaga asoslangan prinsiplardan foydalanilgan. Tuproqlarni toshloqliligi bo’yicha va uning genezisiga ko’ra klassifikasiyalash 4-jadvalda keltirilgan. Bunda toshsiz tuproqda 0.5 % tosh bo’lishi nazarda tutiladi. Bunday tuproqlarni normal ishlash mumkin; 4-jadval Tuproqlarning toshliligi bo’yicha klassifikasiyasi (N.A.Kachinskiy ma’lumoti)
Kamtoshli tuproqlarda 05-5 % atrofida tosh bo’lib, bunday tuproq plug otvallarini va yerni ishlaydigan asboblarning tishlarini ishdan chiqaradi; o’rtacha toshli tuproqlarda 5-10 % tosh bo’ladi va bunday yerlarni normal ishlash uchun yirik toshlarni yig’ib olishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish talab qilinadi. Hozirgi vaqtda sanoat ishlanadigan yerlardagi toshlarni mayda fraksiyalarga ajratib beradigan ko’plab tosh maydalaydigan mashinalarni ishlab chiqarmoqda. Tuproqni mexanik analizga tayyorlash. Tuproqlarni mexanik tarkibi bo’yicha analiz qilishda eng muhim momentlardan biri ularni analizga tayyorlashdir. Tabiatdagi tuproq zarrachalari bir-biri bilan yopishgan mexanik elementlardan, mikroagregatlardan va makroagregatlardan iborat. Tuproqni mexanik analiz qilishdan maqsad uning tarkibidagi turli o’lchamdagi birlamchi mexanik elementlarning real miqdorini aniqlashdir. Buning uchun mexanik elementlarni sementlovchi va yopishtiruvchi moddalarni buzishning turli xil usullardan foydalaniladi. Shunga ko’ra tuproqlarni mexanik elementlarga ajratishning ko’pgina usullari- tuproqlarni turli usullar bilan mexanik yo’l bilan maydalash, dispergasiyalash, silkitish, qaynatish, akustik metodlar (ul’trazvuk) bilan ishlash, ximiyaviy dispergatorlar-kislotalar va ishqorlar, vodorod peroksid bilan ishlash usullari ishlab chiqilgan. Ammo keltirilgan metodlarning hammasi tuproqni turlicha ishlaydi. N.A.Kachinskiy tuproqni mexanik elementlarining sifatiga bog’liq bo’lmagan holda massasini butunlay dispergasiyalash imkonini beradigan mexanik analizga tayyorlash metodlarini topishga urinayotgan tadqiqotchilar to’g’ri ish qilmayotganliklarini ta’kidlaydi. Shuningdek, u tuproqning mexanik elementlari tarkibini o’zgartirmasdan tuproqni barqaror dispergasiyalash mumkin emasligini ham tasdiqlaydi. Dispergasiyalangan va qisman ximiyaviy hamda mineralogik tarkibi o’zgartirilgan tuproq keyinchalik fraksiyalarga ajratiladi; unda o’zining barqarorligi jihatidan keskin farqlanadigan mexanik elementlar, erigan tuzlar, karbonatlar, alyumo-hamda ferrosilikatlar va boshqalar ajratiladi, ularning tuproq fizik va boshqa xossalaridagi ahamiyati har xil bo’ladi. Shunga ko’ra N.A.Kachinskiy mexanik analizda tuproqdagi eruvchan tuzlar va karbonatlarni yo’qotib, silikatlar, alyumo-va ferrosilikatlar hamda suvda kam eriydigan boshqa minerallardan iborat bo’lgan eng xarakterli qismini barqaror analiz qilishni taklif etadi. Tuproqni mexanik analizga tayyorlashning ishlab chiqilgan ko’pgina metodlarini analiz qilib, N.A. Kachinskiy ularni uchta gruppaga bo’ladi: 1) tuproqlarni ximiyaviy ta’sirlarsiz analizga tayyorlash; 2) tuproqni ximiyaviy yo’l bilan va ayrim eng harakatchan qismlarini yuvish bilan analizga tayyorlash; 3) tuproqni ximiyaviy yo’l bilan, uning tarkibiy qismlarini o’zgartirmagan holda maydalab tayyorlash. Tuproq namunalarini mexanik analizga tayyorlash metodlari Mexanik metodlar. 3>3>35>15>20> Download 70.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling