1 – laboratoriya mashg’uloti. Ishning nomi


Download 104.72 Kb.
bet1/5
Sana10.02.2023
Hajmi104.72 Kb.
#1186176
  1   2   3   4   5
Bog'liq
лабаратория ескбит


1 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
1.Ishning nomi: Kiyim xaqida qisqacha ma’lumot. Turli xil kiyimlarga qo‘yiladigan talablar va ularning tasnifi.
2.Ishdan maqsad:Talabalarga kiyim xaqida qisqacha ma’lumot, turli xil kiyimlarga qo‘yiladigan talablar va ularning tasnifi. haqida ma’lumot berish va o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Tikuv buyumlari texnologiyasi fani asosiy fanlardan biri xisoblanib, bakalavrlarning ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rnini aniqlab beradi. Bu fanni o‘rgatishdan maqsad bakalavrlarning ishlab chiqarish korxonalarida xar bir vazifani,yengil sanoat mahsulotlari (kiyim-kechak) tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha tug‘iladigan savollarni ijobiy hal qila bilishga o‘rgatishdir.
Fanning vazifasi esa talabalarga ishlab chiqarish korxonalarining yarim mahsulotlarni qabul qilib olishdan to mahsulot chiqishgacha bo‘lgan xar hil texnologik jarayonlarni o‘zgartirishdan iboratdir.
Ilgarilari kiyim yakka tartibda, xonaki tartibda tikilar edi.Asta-sekin kiyim tikish markazlashib, atelyelarda, fabrikalarda tikiladigan bo‘lib, tikuvchilik sanoati vujudga keldi.
O‘zbekistonda 1918—1919 yillarda 600—700 ishchidan iborat "Qizil tong" tikuvchilik korxonasi tashkil etildi.1922 yillarda, grajdanlar urushining tugashi bilan ishchi kuchi va xom ashyoning bo‘lmaganligi sababli bu korxona yopildi.
1923 yillarda ilgarigi tikuvchilik korxonalari asosida hunarmandchilik kooperativi "Rabkoop №9" tashkil etildi.Bu O‘zbekistonda tikuvchilik sanoatining tashkil etilishining boshlanishi edi.Bunda ish qurollari asosan qo‘l ignasi, ko‘mir bilan isitiladigan dazmol, kichikunumli qo‘l va oyoq bilan ishlaydigan tikuv mashinalaridan iborat edi.
1924 yilda "Qizil tong" tikuvchilik korxonasi qayta ishga tushirildi.Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan besh yilliklar davrida: 1930 yilda Buxoro, Samarqand, Toshkent 1932 yilda Qo‘qon va Andijon, 1937 yilda Urganchda yangi korxonalar qurilib, eskilari rekonstruksiya qilindi. O‘zbekiston yirik tikuvchilik sanoati bor respublikaga aylandi.
Keyingi paytlarda tikuvchilik sanoatining samaradorligini oshirish maqsadida bir necha mayda korxo-nalarni birlashtirib, ishlab chiqarish birlashmalari tashkil qilindi.(Masalan, "Qizil tong", "Yulduz" Toshkentda, "Sanam" Qarshida, "8-mart" Samarqandda, "B. Amonova", "Nigora" Buxoroda va h.k.).
Tikuvchilik sanoati boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, to‘qimachilik, kimyoviy, mashinasozlik, mo‘ynachilik va h.k.
Bu sohalar tikuvchilik sanoatiga gazlama, turli xil kimyoviy materiallar, asbob-uskunalar, mo‘yna va furnitura yetkazib beradi.Xalq xo‘jaligini ximiyalashtirish texnikaviy rivojlanishning asosiy yo‘nalishidir. Uning xalq iste’moli uchun chiroyli, chidamli, qulay va arzon kiyim ishlab chiqarishda ahamiyati juda katta. Tikuvchi-lik korxonalari sintetik tolali gazlamalar, sun’iy mo‘yna, porolon, flizelin, proklamelin, dublirin, sun’iy charm, sintetik yelimlar, ip, tugmalar oladi.
Sanoat robotlarini tikuvchilik sanoatida qo‘llashdan birdan-bir maqsad shuki, mehnat jarayonini yaxshilash va kishi sog‘ligi uchun zararli va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishni yengillashtirishdir.
Hozirgi "Bozor iqtisodiyoti" sharoitida (raqobat davrida) asosiy e’tiborni ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatiga qaratish kerak. Buning uchun eskirgan jihozlarni yangilatish, modellarni o‘zgartirish, yangi mate-riallarni ishlatish, malakali kadrlarni tayyorlash kerak.

Download 104.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling