Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari


Tuproqning mexanik tarkibiga faqat genetik jihatdan emas, balki agronomik jihatdan xarakteristika berish juda muhim hisoblanadi


Download 70.49 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi70.49 Kb.
#1271957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu tuproq suv-havo xossalari

Tuproqning mexanik tarkibiga faqat genetik jihatdan emas, balki agronomik jihatdan xarakteristika berish juda muhim hisoblanadi.
Tuproq unumdorligi ko’p jihatdan uning mexanik tarkibiga bog’liq bo’lib, bu tuproqning mexanik tarkibi, uning fizik xossalari, g’ovakliligi, nam sig’imi, havo va suv o’tkazuvchanligi, havo va issiqlik rejimlari, va nihoya, hosildorlik darajasini belgilaydi. Tuproqning fizik-mexanik xossalari ham uning mexanik tarkibiga bog’liq. Tuproqning mexanik xossalari tuproq konsistensiyasini ko’rsatadi. Yerni ishlash darajasi esa tuproq konsistensiyasiga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi vaqtda tuproqning mexanik tarkibini aniqlash yuzasidan bir qancha metodlar hamda ularni o’tkazishda tayyorlash usullari ishlab chiqilgan. Tuproqning mexanik tarkibi uni dala va laboratoriya sharoitida fizik xossalari jihatidan xarakteristika berishda eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkichni analiz qilish yo’li bilan belgilash, ayniqsa tuproqshunoslikda, dehqonchilikda, geologiya, tuproq meliorasiyasida keng tarqalgan.
Tuproqni mexanik tarkibi jihatidan analiz qilishda va ayniqsa uni mexanik elementlari klassifikasiyasi asoslarini, tog’ jinslari va minerallarning nurlanishi, maydalanishidan hosil bo’ladigan tuproqning dastlabki mexanik elementar zarrachalarini hamda nurash va koagulyasiyaning so’nggi mahsulotlarini sintez qilishdan hosil bo’ladigan, shuningdek, o’simliklar, hayvonot organizmlarining faoliyati natijasida kelib chiqadigan tuproqning ikkilamchi zarrachalarini yaxshi bilish juda muhimdir.
Yirik fraksiyalar (qumlar) odatda, dastlabki elementar zarrachalardan, mayda fraksiya ikkilamchi elementar zarrachalardan iborat bo’ladi. Hozirgi zamonaviy adabiyotlarda tuproq mexanik elementlarining chet el klassifikasiyalari mavjud. 1-jadvalda tuproq mexanik elementlarining A.Atterberg (Shvesiya) tomonidan ishlab chiqilgan klassifikasiyasi, xalqaro klassifikasiya va N.A.Kachinskiy, B.B.Oxatin tomonidan ishlab chiqilgan va keng tarqalgan klassifikasiyalar bayon etilgan.
Tuproqning turli o’lchamlari mexanik elementlarini o’rganishga asoslanib Atterberg tomonidan ishlab chiqilgan klassifikasiya haqida ba’zi mulohazalar keltiriladi. U diametri > 0.2 mm li zarrachalarining suv o’tkazuvchanligi hamda kapillyarliligi yaxshi bo’lishini aniqladi. Bu xildagi zarrachali tuproqda suv kapillyar orqali tez ko’tariladi, ammo juda balandga ko’tarila olmaydi. Diametri 0.2 dan 0.02 mm gacha bo’lgan zarrachalar suvni yaxshi o’tkazadi va yuqoriga qarab yaxshi ko’taradi; o’lchami 0.02 dan 0.002 mm gacha bo’lgan zarrachalar suvni yaxshi o’tkazmaydi, yuqoriga ham sekin ko’taradi. Diametri 0.002 mm bo’lgan zarrachalarda suvning kapillyar orqali ko’tarilishi va suv o’tkazuvchanligi yomon bo’lishi aniqlanadi. Diametri 0.02 mm bo’lgan zarrachalar tuzli eritmalarda koagulyasiyalanish xususiyatiga ega, birmuncha yiriklari koagulyasiyalanmaydi.
1-jadvalda keltirilgan klassifikasiyalar ichida N.A.Kachinskiy klassifikasiyasi eng ko’p tarqalgan. Bu klassifikasiyada tuproq mexanik (elementlari) franksiyalarining taqsimlanish nomenklaturasi asos qilib olingan (fraksiyalarining nomi iloji boricha tuproqshunoslar uchun qo’l keladigan qilib tuzilgan). N.A.Kachinskiy metodida mexanik elementlarning suvda cho’kish tezligi Stoks formulasi bo’yicha olingan.
A.N.Sabanin klassifikasiyasidan farq qilgan holda N.A.Kachinskiy klassifikasiyasida tuproqning toshloq qavati bo’limi soddalashtirlgan, bunda to’rtta toshloq fraksiya ajratilgan. Yuqorida eslatib o’tilganidek, B.B. Dokuchayevning shogirdi N.A.Sibirsev taklifiga ko’ra o’lchami 0.01 mm gacha bo’lgan zarrachalar “fizik loyqa”, o’lchami 0.01 mm dan katta zarrachalar esa “fizik qum” deb atalgan edi. N.A. Kachinskiy bu nomlanishlarni tuproqlarni mexanik tarkibiga ko’ra klassifikasiyalash uchun qabul qilgan edi.
1-jadval

Download 70.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling