Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari
Tuproq mexanik-elementlari va gruntlarining mayda-yirikligiga qarab chet el klassifikasiyasi
Download 70.49 Kb.
|
5-mavzu tuproq suv-havo xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik elementlar diametri, mm Atterberg (Shvesariya) Xalqaro
- Tuproqlarning mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyasi
Tuproq mexanik-elementlari va gruntlarining mayda-yirikligiga qarab chet el klassifikasiyasi
Tuproqlarning mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyasi Ayrim tuproqlar tarkibidagi u yoki bu elementar zarrachalar, ya’ni mexanik elementlari miqdoriga ko’ra klassifikasiyalanadi. Ayrim mexanik elementlarning miqdoriy tarkibini aniqlash tuproqlarni mexanik tarkibi bo’yicha klassifikasiyalashda katta ahamiyatga ega. Tuproqlarni bunday klassifikasiyalash ularni ma’lum taksonomik birliklarga; qumli tuproq, yengil tuproq, o’rtacha qumoq, og’ir qumoq tuproq, soz tuproq jumlasiga kiritish, ularni ana shu belgilarga ko’ra rayonlashtirish hamda ishlab chiqarish xarakteristikasi uchun ham juda muhimdir. Tuproqlarni yuqorida keltirilgan birliklar bo’yicha klassifikasiyalashda tuproqlarni analiz qilish uchun tayyorlashdagi kislota-ishqoriy metodida (pipet-metodda) ajralib chiqadigan zarrachalarning 0.01 mm dan katta va 0.01 dan kichikligi nisbati va fizik xossalari asos qilib olindi. Kuzatishlarda aniqlanishicha, tuproq, mexanik elementlarning xossalari ularning o’lchamini kamayib borishi bilan o’zgaradi. Mexanik elementlar xossalarining bu xilda keskin o’zgarishi o’lchami 0.01, 0.005 va 0.001 mm bo’lgan zarrachalarda kuzatilgan. Shundan keyin tuproqlarning xossalarini fraksiyaning klassifikasiyash zarur bo’lib qoldi. Birinchi chegara fizik soz bo’yicha (zarrachalari <0.01 mm) va fizik qum bo’yicha (zarrachalari >0.01 mm) belgilandi. N.A.Kachinskiy tuproqlarni klassifikasiyalashda taksonomik birliklari bo’yicha keltirilgan shkalani asos qilib oldi. Bu xildagi shkala 2-jadvalda keltirilgan. U uch gruppa tuproqlar-podzol tipida paydo bo’lgan tuproq, dasht tipida paydo bo’lgan tuproq (qizil tuproq, sariq tuproq) va sho’rtob, kuchli sho’rtobsimon tuproqlar uchun tuzilgan. Agar ana shu gruppadagi tuproqlarning hammasida ham mexanik tarkibi bir xil, ya’ni hamma tuproqlarda mexanik elementlar nisbati bir xil deb faraz qilinsa, u vaqtda tuproq genezisi turlicha yoki har xil tipda bo’lishi munosabati bilan fizik xossalari bir xilda bo’lmaydi yoki ilgari genezisi bo’yicha turlicha bo’lgan tuproqlar bir xil xossaga ega bo’ladi. 2-jadval Download 70.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling