1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Yer ustki qismini qirqish (o’simlikni yoshartirish)


Download 292.88 Kb.
bet66/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

Yer ustki qismini qirqish (o’simlikni yoshartirish). Qulupnayning keyingi yilgi hosildorligi o’simlik uchun yozgi-kuzgi davrda yaratiladi. Meva terib olingach, yangi barg va ildiz chiqarish tezlashadi, «yurakchalar» o’sib chiqadi, gulkurtaklar paydo bo’ladi, oziq moddalar barglardan poya va ildizlarga o’tadi. Poyalarda to’plangan zapas oziq moddalar o’simlikning qishga chidamliligi va kelgusi yil bahorda o’sishiga ta’sir qiladi. Bachki novdalarning ko’payib ketishi, tuproqda oziq va namlikning yetishmasligi, kasallik hamda zararkunandalarga chalinish - bularning barchasi o’simlikka salbiy ta’sir etib, kelgusi yil gulkurtaklari hosil bo’lishini kamaytirib yuboradi.
Mavjud agrotexnika bo’yicha baland pushtalarda yetishtirilgan qulupnay ekilgandan so’ng ikkinchi va uchinchi yillari yuqori hosil beradi, to’rtinchi yilga borib hosildorlik keskin pasayadi, mevalari maydalashadi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’ladiki, qulupnay o’simligining «qarishi» va shunga bog’liq holda hosilning kamayishi hamda mahsulot sifatining pasayishi uning biologik xususiyatlarigagina emas, balki qo’llanilgan agrotexnikaga ham bog’liq ekan. Tez «qarish»ning asosiy sababi o’simlikning zaiflashib qolishi va shu tufayli ildiz sistemasi aktiv faoliyatining susayishi va barg qatlamining kamayishidir.
Qulupnayning ildiz sistemasi kabi, yer ustki qismi ham tez tiklanish qobiliyatiga ega. Yer ustki qismi qirqib tashlangan o’simlik yaxshi oziqlantirilsa, tinimdagi kurtaklaridan yangi o’suv nuqtalari paydo qiladi. Mazkur tadbirning foydali tomoni shundaki, kesib tashlangan yangi poyalarda paydo bo’lgan yangi o’suv nuqtalari kuchli o’sadi va meva berish sifati yaxshi bo’ladi. Toshkent viloyati sharoitida ustirilayotgan qulupnayning yer ustki qismi o’rib tashlanganda, barglari qirqilmagan yerdagiga nisbatan ko’p yangi barglar hosil qilingan.Tuplar meva (hosil) berishni qanchalik erta tugatsa va uning yer ustki qismi qirqib tashlansa, unda plastik modda to’planishi hamda barg hosil bo’lishi shunchalik ko’p bo’lishi kuzatilgan.
Ertapishar nav tuplari mevasi yig’ib olingach barglari o’rib tashlanganda (20- kuni), har tupda o’rtacha 32 ta barg borligi aniqlandi, bu bargi qirqilgagan uchastkadagiga nisbatan 19,8 ta ortiq edi, O’rtapishar navlarda esa 21 ta barg bo’lib, bargi qirqib olinmagan yerdagiga qaraganda 10 ta ziyod bo’lgan; kechpishar navlarda barglar sekinlik bilan o’sgan, ularda 12,7 ta barg borligi aniqlangan. Shunday qilib, bargi qirqib tashlangan ertapishar va o’rtapishar navlarda kontrol tuplarga nisbatan, ya’ni bargi o’rilmagan tuplardagiga qaraganda 2-3 baravar ko’p barg hosil bo’lgan.
Yer ustki qismi o’rib olingan, mineral o’g’itlar (azot-12, fosfor – 9 g/m2 bilan tuproq namligi normal (18 - 20%) ta’minlangan, bachkilari vaqtida olib tashlanib, tuplari chopiq qilingan, uchinchi yil meva berayotgan ertapishar va o’rtapishar navlarda kelgusi yili hosildorlik 78% gacha oshdi, shu bilan qulupnayzorning rentabellik muddati 5 yilgacha uzaydi. Qibray tumanida qulupnay paykali 10 yil davomida gektaridan 50-70 sentnerdan hosil berdi.
Qulupnayning O’zbekiston va Kulver navlari yer ustki qismini qirqishning hosildorlikka ta’sirini o’rganilganda, ikkinchi yili hosil berayotgan o’simlik turli oziq rejimida parvarishlandi.
Olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatdiki, mevasi terib olingach (15 iyulda) yer ustki qismi o’rib olingan tuplar barglari qirqilmagan tuplarga nisbatan juda serbarg bo’lib, tinimdagi kurtaklardan chiqqan o’sish nuqtalarining soni, ildiz sistemasining rivojlanishi jihatidan 1,5-1,7 baravar, kelgusi yil hosildorligi 20,1% yuqori bo’ldi.
Shunday qilib, mazkur navlarning yer ustki qismini qirqib tashlash bilan birga azot va fosfor o’g’itlarini berish, tuproq namligini normal ta’minlash mazkur tadbirlarni eskirayotgan maydonlardagina emas, balki barcha maydonlarda qo’llash kerak. Bularning barchasi qulupnayning hosildorligini, kelgusi yil meva tugishini oshirish bilan birga, dog’lanish kasalligiga qarshi tadbir ham hisoblanadi.
Uchinchi yil meva berayotgan maydonlarda qirqishdan keyingi yil hosildorligini hisobga olish shuni ko’rsatdiki, yer ustki qismi 1 avgustda qirqilgan maydonlarda hosildorlik 14,3%, 10 avgustda qirqilgan uchastkalarda esa 22,6% kamaydi. Shuning uchun qirqimni iloji boricha tezrok, ya’ni mevalar terib bo’lingach darhol o’tkazish maqsadga muvofiq.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling