Ehtimollar nazariyasi Reja


Download 0.71 Mb.
bet1/8
Sana08.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1756445
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
metematika


Ehtimollar nazariyasi
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

  1. Tasodifiy hodisalar ustida amallar.

  2. Ehtimollik fazosi.

  3. Ehtimollikning klassik tarifi.

  4. Ehtimollar yig’indisi haqida teorama.

3) Xulosa.

Asosiy ta’riflar.
Ehtimollikning asosiy tushunchalaridan biri hodisadir. Hodisa deyilganda rо‘y berish yoki rо‘y bermasligi mumkin bо‘lgan har qanday voqea tushuniladi. Masalan, tanga tashlanganda gerbli tomoni tushishi, о‘yin soqqasi tashlanganda u yoki bu ochko chiqishi, miltiqdan о‘q uzganda uning nishonga tegishi va boshqalar hodisadir.
Umuman, tajriba, kuzatuv – sinov natijasi hodisadir. Hodisalar asosan uch turga ajraladi: muqarrar, mumkin bо‘lmagan va tasodifiy hodisalar. Hodisalar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi: A, B, C, va hokazo.
1-ta’rif. Agar ikki hodisadan birining rо‘y berishi ikkinchisining rо‘y berishini inkor etmasa, bu hodisalar birgalikda deyiladi. Masalan, о‘yin soqqasi tashlanganda A– tо‘rt ochko chiqish hodisasi, B esa juft ochko chiqish hodisalari birgalikdagi hodisalardir.
2-ta’rif. Agar ikki hodisadan birining rо‘y berishi ikkinchisining rо‘y berishini inkor etsa, bu hodisalar birgalikda bо‘lmagan deyiladi. Masalan, tanga tashlanganda A- “gerb”, B esa “raqam” tushiish hodisasi bо‘lsin. Bu hodisalar birgalikda emas, chunki birining rо‘y berishi ikkinchisini rо‘y berishini inkor qiladi.
3-ta’rif. Ikki A va B hodisalar qarama–qarshi hodisalar deyiladi, agar ular birgalikda bо‘lmasa va albatta bittasi rо‘y bersa. A hodisaga qarama-qarshi hodisa А kabi belgilanadi.Tanga tashlanganda A “gerb” tushishi va B “raqam” tushishi qarama – qarshi hodisalardir, demak, А В yoki В А .
4-Ta’rif. Albatta rо‘y beradigan hodisa muqarrar hodisa deyiladi; aksincha, mutlaqo rо‘y bermaydigan hodisa mumkin bо‘lmagan hodisa deyiladi. Masalan, oq sharlar solingan qopdan olingan sharning oq bо‘lishligi muqarrar hodisa; olingan shar qora bо‘lishligi esa mumkin bо‘lmagan hodisadir.
Birgalikda bо‘lmagan chekli sondagi hodisalardan sinovlar natijasida hech bо‘lmaganda bittasi rо‘y bersa, ular hodisalarning tо‘la guruhini tashkil qiladi deyiladi. Masalan, о‘yin soqqasini tashlaganda 1,2,3,4,5,6 ochkolar chiqish hodisalari tо‘la guruhni tashkil qiladi.
Tо‘la guruhni tashkil qiluvchi hodisalar teng imkoniyatli bо‘lsin, ya’ni bu hodisalardan birortasining rо‘y berishi boshqasining rо‘y berishidan ustun bо‘lmasin. Bunday hodisalar elementar hodisalar deyiladi Masalan, tanga tashlaganda “gerb” yoki “raqam” tushishi, shuningdek, о‘yin soqqasi tashlanganda A1, A2, A3, A4, A5, A6 ochkolar chiqish hodisalari elementar hodisalardir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling