1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Download 292.88 Kb.
bet68/88
Sana30.01.2023
Hajmi292.88 Kb.
#1141483
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Bog'liq
1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik g

O’g’itlash. O’g’itlarning samarasi tuproq tipi va mahsuldorligiga, sug’orish va mikrobiologik jarayonlarga bog’liq bo’lib, ushbu omillar o’g’itning o’zlashtirilishi va qulupnay hosildorligining oshishiga imkon beradi. Ma’lumki, oziq moddalarning ko’p qismini qulupnay dastlab meva berayotgan yili o’zlashtiradi, ozroq qismini ikkinchi yili, juda ham ozginasini uchinchi yili singdirib oladi. Kaliy, azot va fosfor asosiy oziq modda hisoblanadi. Birinchi yil meva berayotgan o’simlik ko’p miqdorda kaliy moddasini o’zlashtiradi, ikkinchi yili esa azot dozasi ortib, fosfor va kaliy iste’moli kamayadi. O’zlashtirilgan oziq moddalardan 47% azot, 51- 55% fosfor va 48-60% kaliy meva va novda hosil qilish uchun sarflanadi, qolgan qismi esa qurigan barglar, ildizlar, o’simtalar, gulkosasi bilan gullar holida tuproqqa qaytadi.
Mineral o’g’itlarning asosiy qismini o’simliklar bahorda o’zlashtiradi va yangi barglar, gul va meva beruvchi organlar hosil qilish uchun sarflaydi. Birinchi yil meva berayotgan qulupnayning hosildorligi gektaridan 53,24 sentnerni tashkil qilganda, gektar boshiga quyidagi miqdorda oziq moddalar sarflanadi: 59,28 kg azot, 36,24 kg fosfor, 63,09 kg kaliy; ikkinchi yili esa tegishlicha 93, 03 sentner uchun 57,25, 34,28; 51,95 kg; uchinchi yili - 58,9 sentner hosil uchun 41,38; 24,0; 46,92 kg.
Ma’lumki, qulupnayning kaliy va azotga bo’lgan talabi fosforga nisbatan 2-2,5 marta ortiqdir. O’g’it solishda shuni hisobga olish kerakki, azot va fosfor o’suv davri boshida meva terilgach tez o’zlashtiriladi.
Qulupnay dastlabki ikki yilda o’sib rivojlanadi, ko’chatlar yaxshi tutib ketishi va normal qalinlikda bo’lishini ta’minlash uchun yerni ekishga to’g’ri tayyorlash, baquvvat ko’chatlarni ekish zarur. Biz tadqiqotlarimizda ekish oldidan solingan mahalliy va mineral o’g’itlar normasining Kulver navli qulupnayning o’sishi va hosildorligiga ta’siri o’rganilgandi.
Bunda ekish oldidan gektar boshiga 240 kg fosfor bilan to’rt yarim tonna chirindi aralashtirib solingan va yiliga ikki marta 180 kg dan azot berilgan maydonlardagi qulupnay uch yil mobaynida yaxshi o’sib, nisbatan yuqori hosil berdi. Hosildorlik gektaridan 85,1 sentnerni tashkil qildi, nazorat maydonda bu ko’rsatkich 57,4 sentner bo’ldi.
Tuproq unumdorligini hisobga olgan holda yerni haydash oldidan har 1 m2 maydonga 2-4 kg yarim chirigan go’ng bilan 60-100 g superfosfat aralashmasi solish mumkin. O’suv davrida har 1 m2 maydonga 18 gramm azot, 9 gramm fosforni ikki-uch marta, ya’ni ko’klamda ishlov berganda, meva terib olingach va kuzda berib, qo’shimcha oziqlantiriladi. Kuzda har m2 yerga 10 grammdan kaliy tuzi solinsa, yaxshi bo’ladi. Farg’ona vodiysining shag’al tuproqli yerlariga azotli o’g’itlarni kam normada, tez-tez berib turish kerak.
Uchinchi yili meva berayotgan maydonlarda shona (g’uncha) hosil bo’lgan davrda mochevinaning 0,4% li eritmasi bilan qo’shimcha oziqlantirish yaxshi samara beradi.
N. A. Xo’jayeva ma’lumotlariga qaraganda, Pamyat Shredera navining hosildorligi gektariga 146,8 sentnergacha, tarkibidagi qand miqdori 1,8% ortiq bo’ladi, mazasi yaxshilanadi.

Download 292.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling