1-мавзу. Микрога кириш


 Agar jamiyatda ishlab chiqarish resurslari hajmi ko‘paysa


Download 227.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana28.03.2023
Hajmi227.18 Kb.
#1302708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-мавзу. Микрога кириш

3. Agar jamiyatda ishlab chiqarish resurslari hajmi ko‘paysa: 
a) ko‘proq tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan bo‘ladi; 
b) iqtisodiyot ko‘proq tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi; 
v) ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshilanadi; 
g) turmush kechirish farovonligi ortadi. 
4. Alternativ (muqobil) xarajatlar nimani anglatadi? 
a) resurslardan eng samarali foydalanishni; 
b) resurslarni isrofgarchilik bilan sarflash evaziga xarajatlar ortib ketishini; 
v) resurslardan eng samarali foydalanish bilan bog‘liq muqobil variantdan voz kechish natijasida 
boy berilgan imkoniyatni (foydani); 
g) biror resurs o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi boshqa resursdan foydalanishni 
5. Ne’matlarning noyobligi nimani anglatadi? 
a) iqtisodiy sub’ektlardagi mavjud resurslar zaxiralarining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan 
iste’molchilar ehtiyojini qondira olmasligini 
b) ne’matning oliy kategoriyali tovarlarga mansubligini; 
v) ne’matning tarixiy qadr-qimmatini; 
g) ne’mat narxining muvozanat narxidan yuqoriligini. 
6. Iqtisodiy resurslar to‘liq ko‘rsatilgan qatorni belgilang: 
a) xomashyo va materiallar, butlovchi qismlar, yoqilg‘i va energiya resurslari; 
b) binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, kapital, er, transport vositalari; 
v) kapital, texnologiya, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtzorlar; 
g) er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborot. 
7. Bir-birini o‘rnini bosuvchi ne’matlar: 
a) cheklangan resurslar turlarini anglatadi
b) shaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi; 
v) shaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi; 
g) bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi. 
8. O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ne’matlar: 
a) cheklangan ehtiyojlarni birgalikda qondiruvchi resurslar turlarini anglatadi; 
b) shaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi; 
v) shaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi; 


g) bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi. 

Download 227.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling