1-mavzu. Mikroiqti


Download 151.05 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi151.05 Kb.
#1230357
  1   2   3
Bog'liq
1- Mikroiqtisodiyot Faniga Kirish-3


1-MAVZU. Mikroiqtisodiyot Faniga Kirish

Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini ko’zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko’pincha inson bir iqtisodiy ne’matning ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o’lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi.
Tikuvchi uy sharoitida kasanachilik asosida paypoq va qo’lqop ishlab chiqaradi. Agar tikuvchi bir soat vaqtini paypoq tikishga sarflasa 10 ta paypoq yoki qolqop tikishga sarflasa 5 ta qo’lqop tikishi mumkin. Tikuvchi bir kunda 8 soat mehnat qilishi ma’lum bo’lsa, tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigini grafikda aks ettiring va ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi formulasini aniqlang.

1- masala
O’zbekistonlik tadbirkor Moskvaga sayohat qilgani bormoqchi. Moskvaga samolyot va poezd reyslari har kuni mavjud. Moskvagacha bo’lgan masofani samolyot 4 soatda, poezd esa 6 kunda bosib o’tadi.Agar tadbirkor samolyotda borishni ma’qul ko’rsa parvoz vakti uning ish vaqtiga to’gri kelganligi bois, bir ish kunidan mahrum bo’ladi. Poyezdda boradigan bo’lsa, tadbirkorning ish kuni dushanbadan jumagacha ekanligini inobatga olsak, u har bir ish kuni uchun 80 ming so’m pul mablag’ini olishdan mahrum bo’ladi. Agar, samolyot chiptasi 900 ming so’m, poyezd chiptasi esa 500 ming so’m bo’lsa, tadbirkor uchun maqbul variantni aniqlang.
Yechimi:
Tadbirkor Moskvaga samolyotda borishni ixtiyor etsa kamida 900 ming so’m pul mablagi sarflaydi. Agar u poyezdni tanlasa 4 kunlik safari davomida ko’pi bilan 4 kun ishlashini inobatga olsak, Poyezdda ketish unga ko’pi bilan 500+4x80=820 ming so’mga aylanadi. Tadbirkor uchun maqbul variant poyezdda ketish.
Javob: Poyezdda ketish. 2 - masala
Tikuvchi uy sharoitida kasanachilik asosida paypoq va qo’lqop ishlab chiqaradi. Agar tikuvchi bir soat vaqtini paypoq tikishga sarflasa 10 ta paypoq yoki qo’lqop tikishga sarflasa 5 ta qo’lqop tikishi mumkin. Tikuvchi bir kunda 8 soat mehnat qilishi ma’lum bo’lsa, tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish

imkoniyatlari chizig’ini grafikda aks ettiring va ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i formulasini aniqlang.



Download 151.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling