Yechimi:
Mahsulot ishlab chiqarish variantlarini aniqlaymiz: Tikuvchi 8 soat davomida paypoq tikish bilan mashg’ul bo’lsa u holda 80 ta paypoq tika oladi, lekin qo’lqop tika olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini qo’lqop tikishga sarflasa 70 ta paypoq va 5 ta qo’lqop tikadi. Tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Ishlab chiqarish variantlari
1 2 3 4 5 6 7 8 9 Paypoq 80 70 60 50 40 30 20 10 0 Qo’lqop 0 5 10 15 20 25 30 35 40
Tikuvchi bir soat paypoq tikishdan voz kechsa u 10 ta paypoqdan voz kechgan bo’ladi, lekin u qo’shimcha 5 ta qo’lqop tikadi. Demak, 10 ta paypoqning alternativ qiymati 5 ta qo’lqopga teng.
Tikuvchining ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i formulasini aniqlaymiz. Tikuvchi bir kunda L soat ishlaydi deylik. Shundan Lq soatni qo’lqop tikishga, Lp soatni paypoq tikishga sarflaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi
80
70
60
50
40
30
20
10
5 10 15 20 25 30 35 40
Demak, Lq+ Lp=8 (1).
Tikuvchining paypoq va qo’lqop ishlab chikarish funktsiyalarini yozamiz: P=10x Lp Q=5xLq(2)
Bu yerda: P – paypoqlar soni (donada); Q – qo’lqoplar soni (donada)
(2)-chi formulalardan Lp va Lq larni aniqlaymiz K L = I - ( 3 )10
(3) ni (1 )ga qo’yamiz:
—Ya +—K = 80 yoki 5 10 P = 8 0 -2 xQ (4)
(4) - funksiya orqali tikuvchining ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini va 8 soatlik ish kunida paypoq va qo’lqop ishlab chiqarishning barcha kombinatsiyalarini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |