1-mavzu. Mikroiqtisodiyot fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari Reja


Download 16.01 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.01 Kb.
#1541725
Bog'liq
1-мавзу


1-mavzu. Mikroiqtisodiyot fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Reja


  1. Fanning maqsadi va vazifasi.

  2. Cheklangan resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi.

  3. Bozor va uning vazifasi.

  4. Bozor bilan bog`liq bo`lmagan faoliyat, mulkka egalik qilish-bozor almashuvining asosiy sharti.

Tayanch so’z va iboralar:Cheklangan resurslar, bozor, еhtiyoj, bozor mexanizmi, o‘sish sur’ati,


1. Fanning maqsadi va vazifasi
Fanning asosiy vazifasi talabalarga bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar еhtiyojini qondirish zaruriyati to`g`risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritishni va uni amalda tadbiq etish yo`llarini o`rgatishdan iborat.

“Microeconomics explains how and why these units make economic decisions. For example, it explains how consumers make purchasing decisions and how their choices are affected by changing prices and incomes. It also explains how firms decide how many workers to hire and how workers decide where to work and how much work to do. Another Important concern of microeconomics is how economic units interact to form larger units-Economys and industries”1.


Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo`jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo`llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o`rgatuvchi bilimga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni hal qilishda “Mikroiqtisodiyot” fanining ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo`lib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy xo`jaliklari va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida amal qiladigan barcha bozor sub`ektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi. Bozor sub`ektlari deganda iste`molchilar, ishlab chiqaruvchilar (har xil mulkchilikka asoslangan kolrxonalar), yollanma ishchilar, mablag` qo`yuvchilar, er egalari-umuman iqtisodiyotni ishlashiga va rivojlanishiga ta`sir ko`rsata oladigan har shaxs va xo`jalik sub`ekti tushiniladi. Bu erda davlat, xususiy va shu kabi boshqa sektorlarning ayrim korxonalari olinib, ulardagi daromadlar va xarajatlar, ishchilarning soni va ularni ish bilan ta`minlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ularning bahosi va shu kabi qator boshqa iqtisodiy ko`rsatkichlar tahlil etiladi.


Bozor iqtisodiyoti sub`ektlari faoliyatiga bevosita ta`sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste`molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo`llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar o`rganiladi.



  1. Cheklangan resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi (mustaqil ta’lim shklida).



3. Bozor va uning vazifasi.


Bozor-bu sotuvchilar va xaridorlar o`rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo`yicha erkin munosabatlar tizimidir.
Bozor-bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlarni uchrashadigan joyi; ular o`rtasida kelishilgan narx bo`yicha tovar almashuvi sodir bo`ladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma`lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor to`g`risida axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar o`tkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bog`liq. Bunday xarajatlar transaktsion xarajatlar bo`lgani uchun ham, bozorni transaktsiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, u daromadlarni samarali faoliyat ko`rsatayotgan sub`ektlar hisobiga qayta taqsimlaydi, ya`ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali foydalanayotgan xo`jalik sub`ektlari hisobiga.

4.Bozor bilan bog`liq bo`lmagan faoliyat, mulkka egalik qilish-bozor almashuvining asosiy sharti.


Bozorlar o`zining hududiy masshtabiga ko`ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga bo`linadi. Oldi-sotdi ob`ekti bo`lib, iste`mol tovarlari, resurslar, (mehnat, kapital, er, tadbirkorlik qobiliyati, axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlar bozori bilan bir qatorda pul bozori (qimmatbaho qog`ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.


Bozorning samarali faoliyat ko`rsatishi transaktsion xarajatlar bilan bog`liq. Transaktsion xarajatlar-bu tovar almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bo`lib R.Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y). Transaktsion xarajatlar o`z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o`zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog`liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bog`liq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar.


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari

  1. “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” Davlat dasturidan o`rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar

  1. Cheklangan resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmini tushuntiring?

  2. Bozor va uning vazifasi?

  3. Bozor bilan bog`liq bo`lmagan faoliyat, mulkka egalik qilish-bozor almashuvining asosiy sharti nimalarda namayon bo`ladi?



1 Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics.-Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.-P.-3.

Download 16.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling