1. Mavzu: Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanini o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari Reja: Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi «Ta'lim to‘g‘risidagi qonun»


Download 104 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi104 Kb.
#1325697
  1   2   3
Bog'liq
1Мавзу


1. Mavzu: Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanini o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari
Reja:
1. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari.
2. O‘zbekiston Respublikasi «Ta'lim to‘g‘risidagi qonun»ga binoan Tarbiya fanini o‘qitishda o‘tkazilayotgan islohotlar
3. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.


1. Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari.
O‘quv fanining maqsadi – Milliy g‘oyani odamlar ongiga singdirish va uni e'tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqish;
O‘quv fanning vazifalari: talabalarda ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, ta'lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovasion pedagogik texnologiyalar asosida Milliy g‘orya fanini o‘qitishga bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishdan iborat.
-talabalarga maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodlarini o‘rgatish;
-o‘quvchilar ongida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish;
-talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash metodlarini o‘rgatish;
- Milliy g‘oya fani bo‘yicha darsni tashkil etish, dars va uni turlarini ajratish, darsda turli xil manbalardan, vositalardan foydalanish usullarini o‘rgatish.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan Milliy g‘oya fanini o‘qitishda o‘tkazilayotgan islohotlar.
Davlat o‘zining demokratik tamoyillariga asoslangan holda asta-sekin fuqarolik jamiyatiga o‘tishi jarayonida tub ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshidan kechiradi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyili, bir tomondan, kadrlar davlat siyosati, ikkinchidan, turmush tarzining ijtimoiy ongga ta'siri bilan bevosita bog‘liq. Fuqarolik jamiyati ta'kidlaganimizdek, huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta'minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqyei baland bo‘lgan ijtimoiy tuzumdir.
Yangi avlod kadrlariga doir davlat siyosati va uning amaliy ijrosi, eng avvalo, sohani tubdan isloh qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini aniq belgilab olishni taqozo etadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda uning asosida qabul qilingan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me'yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi.
Shu sababli milliy g‘oyani o‘qitishda asosiy vazifalar belgilandi va uning Davlat ta'lim standartlari yaratildi.
Davlat ta'lim standarti (DTS)-o‘quvchi –talabalar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani, ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilovchi xujjatdir. Davlat ta'lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo‘ladi.
Davlat ta'lim standartini bajarish O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ta'lim muasasalari uchun majburiydir.
O‘quv rejasi (tayanch va ishchi) –ma'lum bir yo‘nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me'yoriy xujjatdir. U davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib ta'lim muassasasi moliyaviy ta'minotini belgilashga asos bo‘ladi.
O‘quv dasturi-ma'lum bir fan bo‘yicha qanday mavzularni o‘rganishni belgilovchi me'yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo‘linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo‘shimchalar bilan boyitib boriladi.
Demak, bu me'yoriy xujjatlar milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchi talabalar ongiga singdirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda milliy g‘oyani o‘qitish borasida o‘tkazilayotgan islohotlarda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o‘rin tutadi va unga milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Zero, demokratik va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni ham shuni taqozo etadi. I.A.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida ta'lim tizimiga doir ko‘rsatmalar, ya'ni kadrlar tayyorlash bo‘yicha berilgan ijtimoiy buyurtma «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun bilan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantirilib, mantiqiy uzviy yaxlitlikning bir butun mushtarak mundarijasini ifoda etib, ta'lim sohasidagi davlat siyosatida ham u o‘z ifodasini topdi. Ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur qonun va dasturda fuqarolar, yoshlar, jumladan, bakalavr va magistrlarga ta'lim-tarbiya berish, ularni kasb-hunarga o‘rgatishning huquqiy asoslari, kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishning asosiy tamoyillari belgilab berildi. «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari mustahkamlandi: 1) ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 2) ta'limning uzluksizligi va izchilligi; 3) davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; 4) ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 5) bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish; 6) ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish1.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling