1-mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishI, predmeti, ob’ekti va metodlari reja


Download 31.26 Kb.
bet10/11
Sana02.01.2022
Hajmi31.26 Kb.
#194731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-мавзу

Ijtimoiy tadqiqot usullari. Ushbu usullar guruhi, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiyotni boshqarishda ham muhim o’rin egallaydi. Amaliy sotsialogiyada ko’rib chiqilgan vazifalar hududiy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarida prognozlashtirish, rejalashtirish, boshqarishning aniq ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini boshqarishga bog’liq.

Mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ijtimoiy tadqiqot usullari quyidagi vazifalarni bajaradi:

1) mintaqaviy iqtisodiyotni o’rganish, tahlil qilish va baholash;

2) hal qilishni talab qiluvchi dolzarb muammolarni aniqlash, uni hal qilish uchun echimlarni ishlab chiqish;

3) sektor yoki mintaqa iqtisodiyotini rejalashtirish va prognozlashtirish uchun ustuvor yo’nalishlar belgilanadigan mezon sifatida xizmat qilishi kerak bo’lgan aniq ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish;

4) hududiy iqtisodiyotda ishlab chiqariladigan tadbirlar va islohotlarning mumkin bo’lgan natijalarini baholash va tahlil qilish;

5) mintaqaning iqtisodiy muammolarini hal qilishda ilmiy qo’llab-quvvatlash va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.

Sotsiologik tadqiqot usullari quyidagilardan iborat:

- hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmuaning turli tarmoqlari va sohalari vakillari bilan standartlashtirilgan intervyular, individual intervyular (ekspertizalar);

- mintaqalar boshqaruvi elitasi, olimlar va mutaxassislarning intervyularini mazmunan tahlil qilish va boshqalar.

Mintaqaviy tadqiqotlarda aholining mintaqaviy hayot standartlarini taqqoslash va mintaqaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni prognoz qilish usullari muhim o’rin tutadi. Hududlar aholisining turmush darajasini tahlil qilish uchun markaziy organlarni sintetik va maxsus ko’rsatkichlar tizimiga asoslangan taqqoslash metodologiyasini ishlab chiqdilar.

Natijada, aholi turmush darajasini hududiy tahlil qilishning asosiy maqsadi - turmush darajasining haqiqiy farqlarini va O’zbekistonning barcha hududlari aholisining ehtiyojlarini teng ravishda qondirish yutuqlarini aniqlab olish va aholi turmush darajasi hududiy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bilan bevosita bog’liqdir.

Shunday qilib, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodchi olimlarning faol foydalanadigan usullarining keng doirasiga asoslangan.

Mavzuni mustahkamlash maqsadida mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasidagi hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’ziga xos jihatlariga to’htalib o’tsak.

Mamlakatimizda ishlab chiqilgan Xarakatlar strategiyasiga muvofiq viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish yuzasidan quyidagi muhim vazifalar belilab olingan5:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko’lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;

yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;

sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subventsiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;

sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

Yuqorida qayd etilgan fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdiki, bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o’rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisodiyotning nazariy asoslarini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi.


Download 31.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling