1.2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining vazifalari
Mintaqalar rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan biri - turli hududlar aholisining turmush darajasi bo’yicha tafovutlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu vazifani bajarishda rivojlanish darajasi past bo’lgan hududlarni rivojlantirish uchun maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiiy resurslarga boy mintaqalarda hududiy ishlab chiqarish mintaqalarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
U muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o’rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot iqtisod nazariyasi, sotsiologiya, tarmoqlar iqtisodi, iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador.
Do'stlaringiz bilan baham: |